logotip
Indzagi: "G'alabadan zavq olyapmiz"
12 YANVAR, 11:50 / O'QILDI: 1230

Rimning "Latsio" klubi bosh murabbiyi Simone Indzagi "Napoli" (1:0) klubida ustidan qozonilgan g'alaba haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Jamoa yaxshi o'yin namoyish etdi, o'yindan tashqariga chiqmadik. Birinchi bo'limdagi o'yinimiz juda ajoyib chiqdi. "Napoli" ikkinchi bo'limda kuchli o'yin namoyish etdi.

"Napoli" – ajoyib jamoa. 2 yil avval ular 91 ochko jamg'arishdi, o'tgan yili esa 79. O'yin qiyin bo'lishini bilgandik. Lekin biz yaxshi o'yin namoyish etdik, shu bois g'alabadan zavq olyapmiz.

Ertadan Italiya Kubogi doirasida bo'ladigan o'yin haqida o'ylashni boshlaymiz. Jamoa nimanidir noodatiy qilayotganimizni tushunayotgani yaxshi", - Indzagining so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Sky Sport.


Manba: Maydon.ru

FIKRLAR
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.

© MAYDON.RU – Футбол янгиликлари.
Ташкил топган сана: 10.12.2018.
Бош муҳаррир: Жасурбек Аллашукиров.
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт. Блогдаги материаллар учун блог эгаси, хабарлар остидаги фикрлар учун фойдаланувчининг ўзи жавобгар.