logotip
van Deyk: "O'yinimizni kuchaytirish uchun imkoniyatlar izlayapmiz"
12 YANVAR, 11:35 / O'QILDI: 1118

Angliyaning "Liverpul" klubi himoyachisi Virdjil van Deyk "Tottenxem" (1:0) klubiga qarshi bo'lib o'tgan uchrashuvdagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Yanada kuchliroq bo'lishimiz uchun ko'rsatayotgan o'yinlarimizni tahlil qilishimiz kerak. Lekin 3 ochko juda muhim. Yaxshi jamoaga qarshi o'yin o'tkazdik. Ular EChL finalida o'ynagan. Ikkinchi bo'limda ular bizga xalaqit berishni boshladi.

Turnir jadvalidagi etakchilik bizga yaxshi hislarni taqdim qilmoqda. O'yinimizni kuchaytirish uchun imkoniyatlarni izlayapmiz. Yaxshi vaziyatda turibmiz, lekin yanada kuchli bo'lishimiz kerak", - futbolchining so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Sky Sports.


Manba: Maydon.ru

FIKRLAR
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.

© MAYDON.RU – Футбол янгиликлари.
Ташкил топган сана: 10.12.2018.
Бош муҳаррир: Жасурбек Аллашукиров.
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт. Блогдаги материаллар учун блог эгаси, хабарлар остидаги фикрлар учун фойдаланувчининг ўзи жавобгар.