logotip
Gattuzo: "Javobgarlik mening bo'ynimda turibdi"
12 YANVAR, 11:25 / O'QILDI: 1036

Italiyaning "Napoli" klubi bosh murabbiyi Djennaro Gattuzo "Latsio" (0:1) klubidan qabul qilib olingan mag'lubiyat uchun javobgar ekanligini aytib o'tdi.

"Biz faqat oldinga qarashimiz kerak. O'tkazib yuborilgan goldagi javobgarlik mening bo'yimda. Aynan men darvozabondan shunday o'ynashi kerakligini aytgandim. Biz hafta mobaynida bir qator usullarni qo'llab ko'rdik. Jamoa men so'ragan narsalarni juda kamini amalga oshirdi.Futbolchilar xar xil o'yinlarda o'ynagandek tasavvur uyg'otishdi. Jamoa bir necha yillardan beri Italiyada yaxshi o'ynab kelmoqda. Endi bizga natija kerak", - Gattuzoning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Sky Sport.


Manba: Maydon.ru

FIKRLAR
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.

© MAYDON.RU – Футбол янгиликлари.
Ташкил топган сана: 10.12.2018.
Бош муҳаррир: Жасурбек Аллашукиров.
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт. Блогдаги материаллар учун блог эгаси, хабарлар остидаги фикрлар учун фойдаланувчининг ўзи жавобгар.