logotip
Mourino: "Ba'zida o'zingiz xohlagandan ko'proq narsa olasiz"
12 YANVAR, 11:15 / O'QILDI: 1055

Londonning "Tottenxem" klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyu "Liverpul" klubidan qabul qilib olingan mag'lubiyat haqida fikr bildirdi.

"Bu futbol. Ba'zan Siz o'zingiz xohlaganingizdan ko'proq narsani olasiz. Gohida esa kam narsaga ega bo'lasiz. Bugun biz nimagadir haqli edik. "Liverpul" – dunyoning eng yaxshi klubi. Ular jarohat sabab qiyin ahvolga tushib qolgan jamoaga qarshi o'ynadi. Futbolchilari haqiqatdan ham kuchli, ular nimanidir o'zgartirishga harakat qilishdi va muammolar tug'dirishdi.

Kuchli to'rtlikdan joy olish? Bu haqda faqatgina chempionat boshida gapirish mumkin. Lekin minus 12 ochko bilan jamoani qabul qilib olganingizdan keyin, bu haqda gapirish qiyin", - Mourinoning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda VVS.


Manba: Maydon.ru

FIKRLAR
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.

© MAYDON.RU – Футбол янгиликлари.
Ташкил топган сана: 10.12.2018.
Бош муҳаррир: Жасурбек Аллашукиров.
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт. Блогдаги материаллар учун блог эгаси, хабарлар остидаги фикрлар учун фойдаланувчининг ўзи жавобгар.