Angliya chempionatining 22-turidan o'rin olgan «Tottenxem» - «Liverpul» o'yinida mersisaydliklar kichik hisobda g'alaba qozonishdi.
Bu Joze Mourino va Yurgen Klopp o'rtasidagi 11-to'qnashuv bo'ldi. Germaniyalik mutaxassis bu uchrashuvlarning 5tasida g'alaba qozongan bo'lsa, portugaliyalik murabbiy 2ta o'yinda zafar quchgan (18%). To'rtta o'yinda durang qayd etilgan.
Klopp Mourino faoliyatidagi eng noqulay murabbiylardan biir hisoblanadi. Joze yomon natijani Ronald Kumanga qarshi o'yinlarda qayd etgan — 6ta o'yinda 1ta g'alaba (17%).
Manba: Maydon.ru
© MAYDON.RU – Футбол янгиликлари.
Ташкил топган сана: 10.12.2018. Бош муҳаррир: Жасурбек Аллашукиров.
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт.
Блогдаги материаллар учун блог эгаси, хабарлар остидаги фикрлар учун фойдаланувчининг ўзи жавобгар.