logotip
Stiven Jerrard «Lokomotiv»ga qarshi o'yin haqida fikr bildirdi
12 YANVAR, 11:00 / O'QILDI: 1363

Shotlandiyaning "Reynjers" klubi bosh murabbiyi Stiven Jerrard "Lokomotiv"ga qarshi bo'lib o'tgan o'rtoqlik o'yini (6:1) borasida o'z fikrini bildirib o'tdi.

"Har ikkala bo'limda biz yaxshi o'ynadik. Menga ko'proq ikkinchi bo'lim yoqdi.

Quvnoq futbol bo'ldi. Ba'zi o'yinchilar o'z imkoniyatlaridan samarali foydalangan bo'lsa, ba'zilari haqida aksincha fikr bildirishim mumkin.

Futbolchilar bir hafta davomida sidqidildan mehnat qilishgan edi. Jismoniy yuklamalar ostidan o'tgan og'ir haftani yaxshi yakunlab olishni niyat qilgandik. O'ylaymanki, o'z maqsadimizga etdik", — dedi Jerrard.


Manba: Maydon.ru

FIKRLAR
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.

© MAYDON.RU – Футбол янгиликлари.
Ташкил топган сана: 10.12.2018.
Бош муҳаррир: Жасурбек Аллашукиров.
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт. Блогдаги материаллар учун блог эгаси, хабарлар остидаги фикрлар учун фойдаланувчининг ўзи жавобгар.