logotip
AGMK lageridan daraklar: Yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rayotgan olmaliqliklar safiga legionerlar qo'shildi
12 YANVAR, 11:00 / O'QILDI: 1461

Do'rmondagi qarorgohda yig'ilgan jamoamiz Qibraydagi o'yingohda har kunlik mashg'ulotlarni olib bormoqda. Ayni damda murabbiylar shtabi futbolchilarning jismoniy holatini tetiklash ustida katta hajmdagi ishlarni amalga oshirishmoqda. Bir kunlik ta'tildan qaytgan futbolchilar tibbiy ko'rikdan o'tgach, bugundan yana mashg'ulotlarni tiklashdi.

Ertadan esa jamoa qishki yig'indagi dastur odatiga ko'ra, kuniga ikki mahaldan mashg'ulotlar o'tkazadi. Mashg'ulotlarning bir qismi maydonda, to'p bilan ishlash bo'yicha o'tkazilsa, ikkinchi qismida futbolchilar zalda mushaklarni chiniqtirish borasida shug'ullanishadi.

Bugundan e'tiboran mashg'ulotlarga kecha transfer qilingan va jamoamizga bir yillik tanaffusdan so'ng qaytgan serbiyalik yarim himoyachi Yovan Jokich qo'shildi. Shuningdek, o'tgan mavsumning ikkinchi qismidan e'tiboran jamoamizga a'zolariga aylangan legionerlar — Igor Zonich va Elguja Grigalashvili ham jamoa lageriga qaytdi va bugundan mashg'ulotlarga qo'shildi.


Manba: Maydon.ru

FIKRLAR
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.

© MAYDON.RU – Футбол янгиликлари.
Ташкил топган сана: 10.12.2018.
Бош муҳаррир: Жасурбек Аллашукиров.
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт. Блогдаги материаллар учун блог эгаси, хабарлар остидаги фикрлар учун фойдаланувчининг ўзи жавобгар.