logotip
«Liverpul» Evropaning top-5 chempionatlari rekordini o'rnatdi
12 YANVAR, 08:30 / O'QILDI: 1062

«Liverpul» klubi Angliya chempionatining 22-turi doirasida "Tottenxem"ga qarshi bo'lib o'tgan o'yinda g'alaba qozondi (1:0).

Mersisaydliklar qayd etayotgan natijalar va rekordlar bilan tanishtirib o'tamiz:

1. Yurgen Klopp jamoasi APLda ketma-ket 38ta o'yindan beri mag'lubiyatga uchramayapti va bu orqali o'zining 126 yil avvalgi (1894 yil) rekordini yangiladi. O'shanda jamoa ketma-ket 37ta o'yinda yutqazmagan edi.  

Mag'lubiyatsiz seriya: 373 kun, 38ta o'yin, 33ta g'alaba, 5ta durang, 90ta gol, 26ta o'tkazib yuborilgan gol.

2. Klopp bir yil davomida yutqazmayotgan APL tarixidagi uchinchi murabbiyga aylandi. Avvalroq bunday natijani Joze Mourino va Arsen Venger qayd etishgan edi. Kloppning g'alabalar foizi eng yuqori (87%) bo'ldi. Mourinoda bu ko'rsatkich 82, Vengerda esa 68 foizga teng bo'lgan.

«Liverpul» so'nggi 38ta o'yinda 104 ochko jamg'ardi. Bu yangi rekord hisoblanadi.  «Man Siti» 2018 yilda, «Chelsi» esa 2005 yilda 38ta o'yinda 102 ochko to'plashgan.

3. Nihoyat, eng katta rekord. «Liverpul» mavsumning dastlabki 21ta uchrashuvida 61 ochko to'pladi (20ta g'alaba, bir durang). Bu esa Evropaning kuchli beshta chempionatlari uchun rekord natija hisoblanadi!

Evropaning top-5 chempionatlaridagi eng yaxshi startlar:


Manba: Maydon.ru

FIKRLAR
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.

© MAYDON.RU – Футбол янгиликлари.
Ташкил топган сана: 10.12.2018.
Бош муҳаррир: Жасурбек Аллашукиров.
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт. Блогдаги материаллар учун блог эгаси, хабарлар остидаги фикрлар учун фойдаланувчининг ўзи жавобгар.