logotip
O'zbekiston Olimpiya terma jamoasi bugun Xitoyga qarshi bahs olib boradi
12 YANVAR, 08:10 / O'QILDI: 1421

Bugun futbol bo'yicha O'zbekiston Olimpiya terma jamoasi Tailandda o'tayotgan U-23 Osiyo chempionatida ikkinchi tur uchrashuvini o'tkazadi. Ushbu turda vakillarimiz xitoylik tengqurlariga qarshi maydonga chiqishadi.

E'tiborlisi, terma jamoamiz ishtirokidagi mazkur uchrashuvni ham qatarlik hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Songxla shahridagi so'nggi o'yinimizga Abdulrahmon Al-Jassim bosh hakam qilib belgilangan.

U-23 Osiyo chempionati. Tailand.
“S” guruhi, 2-tur. 12 yanvar
Xitoy – O'zbekiston
Bosh hakam: Abdulrahmon al-Jassim (Qatar)

Eslatib o'tamiz, dastlabki turda Lyubinko Drulovich shogirdlari Eron terma jamoasiga qarshi 1:1 hisobida durang natija qayd etishgan edi. Xitoyliklar esa Janubiy Koreyaga 0:1 hisobida imkoniyatni berishgan.

Toshkent vaqti bilan 18:15 da start oladigan mazkur bahsda vakillarimizga chiroyli g'alaba yor bo'lishini tilab qolamiz.


Manba: Maydon.ru

FIKRLAR
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.

© MAYDON.RU – Футбол янгиликлари.
Ташкил топган сана: 10.12.2018.
Бош муҳаррир: Жасурбек Аллашукиров.
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт. Блогдаги материаллар учун блог эгаси, хабарлар остидаги фикрлар учун фойдаланувчининг ўзи жавобгар.