logotip
Xavi: “Barselona”ni boshqarish – orzuim, ammo...”
12 YANVAR, 07:40 / O'QILDI: 1125

“Barselona”ga murabbiylik qilish - bu mening orzuim, buni hech kimdan yashiradigan joyi yo'q. Hama bu haqda biladi. Men doim “Barselona”ni chin yurakdan qo'llab-qo'vvatlab kelganman. Ammo hozir bor etiborim “Al Sadd”ga qaratilgan. Erik Abidal (“Barselona” sport direktori) mening do'stim. Men juda ko'p marta u bilan uchrashganman. Ammo boshqa hech narsa demayman. “Barselona”ga, Valverdega, sevimli jamoamga hurmatim yuqori. Ayni paytda Qatarda ishlayapman va bor kuch va mahoratimni ushbu jamoaga bag'ishlayapman. “Al Sadd”da mashg'ulotlar o'tkazayotganimdan xursandman”, deya futbolchining so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Sport.es.


Ilgariroq “Barselona” Xaviga 2022 yilning 30 iyuniga qadar bo'lgan muddatga shartnoma taklif etganligi haqida xabarlar chiqqan,  39 yoshli Xavi yaqin kunlarda Valverdening o'rnini egallashini kutilayotgan edi.


Manba: Maydon.ru

FIKRLAR
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.

© MAYDON.RU – Футбол янгиликлари.
Ташкил топган сана: 10.12.2018.
Бош муҳаррир: Жасурбек Аллашукиров.
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт. Блогдаги материаллар учун блог эгаси, хабарлар остидаги фикрлар учун фойдаланувчининг ўзи жавобгар.