logotip
APL. «Liverpul» safarda «Tottenxem»ni mag'lub etdi (videosharh)
12 YANVAR, 00:35 / O'QILDI: 2321

Angliya chempionatining 22-turidan o'rin olgan markaziy o'yin yakuniga etdi. APLning ushbu mavsumini mag'lubiyatsiz o'tkazayotgan «Liverpul» klubi «Tottenxem» maydoniga safar uyushtirib, kichik hisobda g'alaba qozondi.

Bahsning 37-daqiqasida Salohning uzatmasidan keyin to'pni qabul qilgan Roberto Firmino himoyachining ta'qibidan qochdi va yaqin masofadan kuchli zarba berib, hisobni ochdi.

To'p nazorati bo'yicha ustunlik mersisaydliklar tomonida bo'lgan bo'lsa-da, Mourino shogirdlari o'yin davomida golga tortadigan bir nechta vaziyat yaratishdi. Ammo so'nggi zarbani berishda ularga aniqlik etishmadi.

Shu tariqa, "Liverpul" dastlabki 21ta o'yindan keyin 61 ochko to'plagan holda, 2-o'rindagi "Lester"dan 16 ochko oldinga o'tib oldi.

Angliya chempionati, 22-tur
Tottenxem – Liverpul 0:1 (0:1, 0:0)
Gol: 0:1 – 37 Firmino.
Tottenxem – Gassaniga, Ore, Alderveyreld, Sanches, Rouz (Lamela, 69), Alli, Eriksen (Lo Chelso, 69), Lukas Moura, Uinks, Son Xiin Min, Tanganga.
Liverpul – Alisson, Robertson, Aleksander-Arnold, Gomes, van Deyk, Veynaldum, Oksleyd-Chemberlen (Lallana, 61), Xenderson, Mane (Origi, 81), Saloh (Shakiri, 90), Firmino.
Ogohlantirishlar: Gomes (23), Oksleyd-Chemberlen (39).



Manba: Maydon.ru

FIKRLAR
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.

© MAYDON.RU – Футбол янгиликлари.
Ташкил топган сана: 10.12.2018.
Бош муҳаррир: Жасурбек Аллашукиров.
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт. Блогдаги материаллар учун блог эгаси, хабарлар остидаги фикрлар учун фойдаланувчининг ўзи жавобгар.