Italiya chempionatida peshqadamlar safida borasida "Latsio" qiyin o'yinda muhim 3 ochkoni qo'lga kiritdi. Rimliklar o'z maydonlarida «Napoli»ni qabul qilib, yagona gol evaziga g'alabani rasmiylashtirishdi.
O'yin tugashiga 8 daqiqa qolganida A seriya to'purari Chiro Immobile neapolliklar darvozasini ishg'ol qildi.
Ushbu g'alabadan keyin "Latsio" o'z ochkolarini 42taga etkazib olgan bo'lsa, "Napoli" 9-o'ringa tushib ketdi. Gattuzo shogirdlari hattoki "Milan"dan ham pastroqqa tushib ketishdi. "Napoli"da inqiroz davom etadi.
Italiya A seriya, 19-tur
Latsio – Napoli 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 82 Immobile.
Latsio – Strakosha, Radu, Luis Felipe, Acherbi, Latstsari, Leyva (Berisha, 81), Lulich, Luis Alberto (Xoni Rodriges, 90), Milinkovich-Savich, Immobile, Kaysedo (Kataldi, 64).
Napoli – Ospina, Manolas, Mariu Ruy, Xyusay, Di Lorentso, Zelinski, Fabian Ruis, Insine (Losano, 90), Allan (Lorente, 84), Kalexon (Elmaz, 88), Milik.
Ogohlantirishlar: Latstsari (27), Manolas (38), Lulich (41), Mariu Ruy (85).
Manba: Maydon.ru
© MAYDON.RU – Футбол янгиликлари.
Ташкил топган сана: 10.12.2018. Бош муҳаррир: Жасурбек Аллашукиров.
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт.
Блогдаги материаллар учун блог эгаси, хабарлар остидаги фикрлар учун фойдаланувчининг ўзи жавобгар.