logotip
«Inter» Eriksen bilan kelishuvga erishdi
11 YANVAR, 23:40 / O'QILDI: 1868

«Tottenxem» yarim himoyachisi Kristian Eriksen «Inter» klubi bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishuvga erishdi. Bu haqda La Gazzetta dello Sport xabar tarqatdi.

Kelishuvga ko'ra, daniyalik futbolchi 2024 yilning yozigacha mo'ljallangan shartnomaga imzo chekadi. Futbolchini yanvar oyida qo'lga kiritmoqchi bo'lgan «neradzurri» endi «Tottenxem» bilan ushbu transferni muhokama qilishi lozim.

Londonliklar 27 yoshli futbolchi uchun 20 million evroga sotishni ko'zlashmoqda. «Inter» rahbariyati esa bu narxni pasaytirishga harakat qilmoqchi.


Manba: Maydon.ru

FIKRLAR
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.

© MAYDON.RU – Футбол янгиликлари.
Ташкил топган сана: 10.12.2018.
Бош муҳаррир: Жасурбек Аллашукиров.
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт. Блогдаги материаллар учун блог эгаси, хабарлар остидаги фикрлар учун фойдаланувчининг ўзи жавобгар.