Ispaniya Superkubogi. Finalning birinchi ishtirokchisi aniqlandi
10 YANVAR, 23:28 / O'QILDI: 2380 
Ispaniya Superkubogi dastlabki yarim final uchrashuvi yakunlandi. Saudiya Arabistonida o'tkazilayotgan Ispaniya Superkubogining dastlabki yarim final uchrashuvi yakunlandi. Mazkur bahsda kutilganidek Madrid grandining qo'li baland keldi. SHu tariqa Zidan shogirdlari finalning ilk ishtirokchisiga aylanishdi. Ularga "Atletiko" - "Barselona" juftligi g'olibi finalda qarshilik ko'rsatadi.Ispaniya Superkubogi, yarim final"Valensiya" – "Real Madrid" 1:3 9 yanvar, 00:00, “King Abdullah Sports City”.Gollar:0:1 – 15 Kroos, 0:2 – 39 Isko, 0:3 – 65 Modrich, 1:3 – 90, penalti Parexo.Valensiya – Domenek, Garay, Gayya, Gabriel Paulista, Vass, Koklen (Sobrino, 83), Kondogbia (Maksi Gomes, 58), Parexo, Soler, Ferran Torres, Gameyro (CHeryshev, 70).Real Madrid – Kurtua, Ramos, Karvaxal, Mendi (Marselo, 71), Varan, Modrich (Xames, 77), Isko, Kazemiro, Kroos, Valverde, Yovich (Mariano Dias, 83).Ogohlantirish:Kazemiro (88).