logotip
Xayrulla Hamidov: «Mana shunaqa qismat»
11 YANVAR, 23:10 / O'QILDI: 1074

Hamma joyda bir xabar aylanib yuribdi: VAR "Lester"ning 6 ta golini bekor qildi. "Sautgempton" natijada 2:1 hisobida engdi.

Xuddi "Barselona" muxlislarini tinchlantirayotgandek, sizlar ikki golga xafa bo'lib yuribsizlar, mana ko'rib qo'yinglar, degandek...

Aslida, bu o'yinga kengroq rakursda qarashimiz kerak. VARni aybdor qilishga shoshmaylik. Esingizdami, "Lester" birinchi davrada "Sautgempton"ga borib 9:0 hisobida enggandi. VARning aralashuvi bilan bir kam o'yinchi bo'lib qolgan mezbonlarni ezg'ilab tashlagandi o'shanda "tulkilar". VAR tirik jonzot sifatida ko'rib turganu o'yinni

VAR nafaqat o'yindagi vaziyatlarga adolatni olib kiryapti, balki ko'pchilik unutazayozgan oldingi hodisalarni-da joy-joyiga qo'ymoqda. Zo'r, a?!

Hozir savol beramiz endi "Sautgempton"ga o'sha oqshom ko'proq alam qilganmi yo bugungi "Lester"gami?

Mana shunaqa futbol. Mana shunaqa APL. Mana shunaqa qismat...

Xayrulla Hamidov


Manba: Maydon.ru

FIKRLAR
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.

© MAYDON.RU – Футбол янгиликлари.
Ташкил топган сана: 10.12.2018.
Бош муҳаррир: Жасурбек Аллашукиров.
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт. Блогдаги материаллар учун блог эгаси, хабарлар остидаги фикрлар учун фойдаланувчининг ўзи жавобгар.