logotip
«Lokomotiv» «Reynjers»ga yirik hisobda yutqazdi
11 YANVAR, 22:55 / O'QILDI: 1730

Yangi mavsumga Dubayda tayyorgarlik olib borayotgan Toshkentning "Lokomotiv" jamoasi bugun mazkur yig'in doirasida o'zining ilk nazorat o'yinini o'tkazdi.

"Temiryo'lchilar" Shotlandiyaning ko'p karra chempioni, Stiven Jerrard boshqaruvidagi "Reynjers" klubiga qarshi bahs olib borishdi va 1:6 hisobida raqibga imkoniyatni boy berishdi, "Lokomotiv" tarkibidagi yagona golga jamoaning yangi a'zosi  Abdul Aziz Yusupov mualliflik qildi.

Andrey Fyodorov shogirdlari o'zlarining navbatdagi nazorat uchrashuvini 14-yanvar kuni Xitoyning "Tszyansu Sunin" jamoasiga qarshi o'tkazadi.

Eslatib o'tamiz, toshkentliklar OChL saralash bosqichi doirasida 21-yanvar kuni Tojikistonning "Istiqlol" klubini mehmon qilishadi.

Nazorat o'yini
"Lokomotiv" (O'zbekiston) - "Reynjers" (Shotlandiya) - 1:6
Gol: Abdul  Aziz Yusupov, 77
"Lokomotiv": Nesterov, Zoteev, Kavroshi, Ibrohimov, Hoshimov (Alijonov,  75), Maxaradze (Jumaboev, 75), Iskanderov (Saidazimov 73), Turopov, Mirzaev (O'lmasaliev, 68), Bikmaev (Ergashev, 71), Pogrebnyak (Yusupov,  60).


Manba: Maydon.ru

FIKRLAR
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.

© MAYDON.RU – Футбол янгиликлари.
Ташкил топган сана: 10.12.2018.
Бош муҳаррир: Жасурбек Аллашукиров.
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт. Блогдаги материаллар учун блог эгаси, хабарлар остидаги фикрлар учун фойдаланувчининг ўзи жавобгар.