logotip
APL. VAR «Lester»ning 6ta golini bekor qildi! (videosharh)
11 YANVAR, 22:45 / O'QILDI: 2930

Angliya chempionatining 22-turi doirasida «Chelsi» o'z maydonida «Sautgempton»ni qabul qilib, kutilmaganda, imkoniyatni boy berdi.

Bahsning 11-daqiqasida mezbonlar Dennis Pratning goli evaziga hisobni ochishdi. Oradan ko'p o'tmasdan Styuart Armstrong muvozanatni tikladi.

Uchrashuv tugashiga 9 daqiqa qolganida Denni Ingz "Sautgemton"ga g'alaba keltiruvchi gol muallifiga aylandi.

Eng qiziq joyi shundaki, o'yin davomida "Lester"ning naq 6ta (!) goli VAR yordamida bekor qilindi.

Ushbu mag'lubiyat tufayli "Lester" egallab turgan 2-pog'onani boy berishi mumkin.

Angliya chempionati, 22-tur
Lester – Sautgempton 1:2 (1:1, 0:1)
Gollar: 1:0 – 14 Prat, 1:1 – 19 Armstrong, 1:2 – 81 Ingz.
Lester – Shmeyxel, Seyundjyu, Evans, Rikardu Pereyra, Chiluell, Chouduri, Prat (Tilemans, 77), Barns (Ixeanacho, 58), Meddison, Peres (Grey, 67), Vardi.
Sautgempton – Makkarti, Stivens, Soaresh, Bednarek, Bertran, Redmond (Romeu, 90), Xeyberg, Armstrong (Jenepo, 78), Uord-Prouz, Ingz, Long (Adams, 78).
Ogohlantirishlar: Armstrong (16), Xeyberg (72), Ingz (81).



Manba: Maydon.ru

FIKRLAR

© MAYDON.RU – Футбол янгиликлари.
Ташкил топган сана: 10.12.2018.
Бош муҳаррир: Жасурбек Аллашукиров.
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт. Блогдаги материаллар учун блог эгаси, хабарлар остидаги фикрлар учун фойдаланувчининг ўзи жавобгар.