Angliya chempionatining 22-turi doirasida «Chelsi» klubi o'z maydonida «Byornli»ni qabul qilib, ishonchli g'alabani qo'lga kiritdi.
Bahsning 27-daqiqasida mehmonlar darvozasi tomon penalti belgilandi va Jorjino undan samarali foydalandi. Oradan 11 daqiqa o'tib Abraxam hisobdagi farqni ikkitaga oshirdi.
Ikkinchi bo'lim Kallum Xadson-Odoi hisobdagi farqni uchtaga oshirdi.
Ushbu g'alabadan keyin "Chelsi" klubi o'z ochkolarini 39taga etkazib, o'zi egallab turgan 4-pog'onani mustahkamladi.
Angliya chempionati, 22-tur
Chelsi – Byornli 3:0 (2:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 27, penalti Jorjino, 2:0 – 38 Abraxam, 3:0 – 49 Xadson-Odoi.
Chelsi – Arrisabalaga, Jeyms, Kristensen, Ryudiger, Aspilikueta, Jorjino, Barkli, Xadson-Odoi, Maunt, Villian, Abraxam.
Byornli – Poup, Tarkovski, Louton, Teylor, Mi, Vestvud, Lennon, Xendrik (Vidra, 73), Kork, Maknil, Vud.
Ogohlantirishlar: Maknil (45), Vestvud (54), Lennon (59).
Manba: Maydon.ru
© MAYDON.RU – Футбол янгиликлари.
Ташкил топган сана: 10.12.2018. Бош муҳаррир: Жасурбек Аллашукиров.
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт.
Блогдаги материаллар учун блог эгаси, хабарлар остидаги фикрлар учун фойдаланувчининг ўзи жавобгар.