logotip
APL. «MYu» «Norvich»ni tor-mor keltirdi (videosharh)
11 YANVAR, 22:00 / O'QILDI: 1169

Angliya chempionatining 22-turi doirasida «Manchester Yunayted» klubi o'z maydonida «Norvich»ni qabul qilib, yirik hisobda g'alaba qozondi.

Mankunianliklarning 4ta goliga "kanareyka"lar biror marta javob qaytara olishmadi. Markus Reshford ikkita gol urib, mavsumdagi gollari sonini 14taga etkazib oldi. Shuningdek, Antoni Marsial va Meyson Grinvud o'z hisobiga bittadan gol yozishdi.

Ushbu g'alabadan keyin "Manchester Yunayted" klubi o'z ochkolarini 34taga etkazib, o'zi egallab turgan 5-pog'onani mustahkamladi.

Angliya chempionati, 22-tur
Manchester Yunayted – Norvich 4:0 (1:0)
Gollar: 1:0 – 27 Reshford, 2:0 – 52, penalti Reshford, 3:0 – 54 Marsyal, 4:0 – 76 Grinvud.
Manchester Yunayted – De Xea, Uilyams, Uan-Bissaka, Maguayr, Lindelef, Pereyra (Grinvud, 71), Matich, Fred, Mata, Marsyal (Gomes, 80), Reshford (Jeyms, 59).
Norvich – Krul, Xenli (Lyuis, 80), Tsimmermann, Bayrem, Aarons, Vranchich (Amadu, 65), Tetti, Kentuell, Buendia, Maklin, Ida (Ernandes, 65).


Manba: Maydon.ru

FIKRLAR
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.

© MAYDON.RU – Футбол янгиликлари.
Ташкил топган сана: 10.12.2018.
Бош муҳаррир: Жасурбек Аллашукиров.
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт. Блогдаги материаллар учун блог эгаси, хабарлар остидаги фикрлар учун фойдаланувчининг ўзи жавобгар.