logotip
APLda nechta legioner mavjud? “La Liga”dachi?
11 YANVAR, 21:35 / O'QILDI: 901

Bugungi kunga kelib kuchli birinchiliklardagi legionerlarning soni tobora ortib bormoqda. Bu esa, musobaqaning darajasi o'sishini ta'minlashi turgan gap. Xo'sh Evropaning kuchli birinchiliklarida legionerlarning soni nechta? Ularning katta qismi qaysi davlatdan tashrif buyurishgan? Bugun ushbu savollarga javob izlashga urunib ko'ramiz.


APL


Tumanli albionda frantsuzlarga bo'lgan ehtiyoj juda katta. Ayni damda, APL jamoalarida umumiy hisobda 31 ta frantsiyalik futbolchilar to'p surmoqda. E'tiborlisi shundaki, ushbu futbolchilarning aksariyati terma jamoa futbolchilari sanaladi. Pogba, Marsial, Kante, Zuma, Din va bir nechta futbolchilar bugungi kunda amaldagi JCh g'oliblarining bugungi kundagi suyagini tashkil etmoqda.


Shuningdek APLda ispanlar ham muvaffaqiyatli to'p surib kelmoqda. Ularning birinchilikdagi soni 29 tani tashkil etadi.Adama, De Xea va Rodri singari futbolchilar bugungi kunda terma jamoadan chaqiruv olishda davom etishmoqda. Legionerlarning soni bo'yicha kuchli uchlikni Shimoliy Irlandiyaliklar yakunlab berishadi. Ularning Ligadagi soni 24 tani tashkil etmoqda. Shu bilan birgalikda Braziliyaliklar(21) va Gollandiyalik (17) futbolchilar ham omadli to'p surib kelishmoqda. APLda mahalliy futbolchilar soni qolanlarnikidan biroz kamroq. Bugungi kunda APLda 193 ta ingliz mavjud. Shuningdek, 12 ta belgiyaliklarni ham qayd etib o'tish joiz. Sababi, eng qimmat belgiyalik futbolchilar aynan APLda to'p surmoqda.


“La Liga”


Qizig'I shundaki, Ispaniyada ham eng ko'p legionerlar Frantsiyadan. Ularning soni bugungi kunda 23 tani tashkil etmoqda. Varan, Benzema, Grizman, Dembele, Langle, Lemar va Umtiti shular jumlasidandir. Mahalliy futbolchilarning soni 324 ta ekanligini inobatga olsak, qolgan legionerlarning soni juda kam ekanligi o'z-o'zidan ma'lum. Shunga qaramay, braziliyaliklarga to'xtalib o'tmaslik mumkin emas. Charm to'p afsungarlining soni 21 kishi bo'lsada, ularning sifati juda yuqori. Kazimiro Eder Militao, Artur, Vinisius va Rodrigolar termaning kelajagi deb baholananmoqda.


Ronaldu “Yuventus”ga o'tib ketgach, Ispaniyadagi portugaliyalik futbolchilarning soni 14 ta bo'lib qoldi. Agarda Kavani “Atletiko”ga o'tsa, urugavliklar soni 13 tani tashkil etadi. Shuningdek 4 ta nigeriyalik va 3 ta gollandiyaliklar ham to'p surib kelmoqda.


“A Seriya”


Bu ligada doimmo Braziliyaliklarga bo'lgan extiyoj ulkan bo'lib kelgan. Bugungi kunda ham bu an'ana davom etib kelmoqda desak, adashmagan bo'lamiz. Ularning soni 30 tani tashkil etsada, terma jamoada to'p suruvchilarining soni juda oz. Ulardan keying o'rinni 23 ta futbolchi bilan Argentinaliklar egallashadi. Braziliyaliklardan farqli o'laroq, “albaseleste”ning bir nechta asosiy futbolchilari Italiya klublarida muvaffaqiyatli to'p surib kelmoqda. Dibala, Lautaro Martines, Iguain singari futbolchilar shular jumlasidandir. Keyingi o'rinlarni Polsha(17), Frantsiya(16) va ispaniyalik(15) futbolchilar band qilishgan. Mahalliy futbolchilarning soni ham chakki emas. Bugungi kunda “A seriya”da 225 ta italiya fuqoroligiga ega futbolchilar to'p surmoqda.


“Bundesliga”


Qizig'I shundaki, deyarli 5 yildan beri legionerlarning soni bo'yicha avstryalik futbolchilar peshqadamlikni hech kimga bermay kelishmoqda. Ularning soni 30 tani tashkil etadi. Bu erda ham frantsuzlarning soni tobora ortib bormoqda. Hozircha 25 ta futbolchi bo'lishiga qaramay, tez orada bu ko'rsatgich yanada ko'tarilishi aniq. shu bilan birgalikda gollandiyalik 19 ta yigitni ham unutmaslik lozim. Bu erda braziliyalik futbolchilarga bo'lgan ehtiyoj kamayib bormoqda. Bugungi kunga kelib Bundesligada bir yo'gi 11 ta “pentakampion” bor xolos. Mahaliy futbolchilarning soni esa, “ A seriya”dagi singari 225 tani tashkil etadi.


“Liga 1”


Frantsuz futbolchilar nafaqat chetda, balki o'z chempionatlarida ham ko'pchilikni tashkil etadi. 304 ta futbolchining aksariyatining kelib chiqishi afrikalik bo'lishiga qaramay, Frantsiya fuqorolari ekanligini yoddan chiqarmaslik lozim. Hozircha Frantsiyada Braziliyaliklarga bo'lgan ehtiyoj pasayganicha yo'q. Ularning soni 28 ta. Neymar va Tiago Silvalarning “Liga 1”da ekanligi hech kimga sir emas. Ikkinchi o'rinni o'z-o'zidan Senegallik yigitlar band qilishgan bo'lsa, kuchli uchlikni ivuarliklar 14 ta futbolchi bilan yakunlab beradi. Evropaliklar orasida Portugaliyaliklarga bo'lgan e'tibor katta bo'lsada, “Liga 1”da bugungi kunda ularning soni 12 tadan oshmayapti.


Manba: Maydon.ru

FIKRLAR
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.

© MAYDON.RU – Футбол янгиликлари.
Ташкил топган сана: 10.12.2018.
Бош муҳаррир: Жасурбек Аллашукиров.
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт. Блогдаги материаллар учун блог эгаси, хабарлар остидаги фикрлар учун фойдаланувчининг ўзи жавобгар.