logotip
A seriya. Zlatan gol urdi, «Milan» g'alaba qozondi (videosharh)
11 YANVAR, 21:10 / O'QILDI: 2314

Italiya chempionatining 19-turi doirasida «Milan» safarda «Kalyari» klubi mehmoni bo'lib, ishonchli g'alabani qo'lga kiritdi.

Birinchi bo'limda hisob ochilmadi, ammo ikkinchi bo'limning ilk daqiqasi "rossoneri" uchun omadli keldi. Rafael Leauning zarbasini "Kalyari" posboni qaytara olmadi.

Bahsning 64-daqiqada esa qanotdan erlatib etkazilgan uzatmani Ibrohimovich raqib darvozasiga joylab qo'ydi.

O'yin tugashiga 8 daqiqa qolganida Ibrohimovich bosh bilan "Kalyari" darvozasiga yana bitta to'p kiritdi. Ammo qanotdan uzatma berilayotgani Zlatan ofsaydda bo'lgani uchun gol inobatga olinmadi.

Ushbu g'alabadan keyin "Milan" o'z ochkolarini 25taga etkazib, jadvalda vaqtinchalik bo'lsa-da 8-o'ringa ko'tarilib oldi.

Italiya chempionati, 19-tur
Kalyari – Milan 0:2 (0:0, 0:2)
Gollar: 0:1 – 46 Rafael Leau, 0:2 – 64 Ibragimovich.
Kalyari – Olsen, Pellegrini, Klavan, Pizakane, Farago, Nainggolan, Nandes (Ionitse, 76), Chigarini, Rog (Kastro, 76), Joao Pedro, Simeone (Cherri, 69).
Milan – Donnarumma, Teo, Musakko, Kalabriya (Konti, 73), Romanoli, Bennaser, Kessie, Kastilexo, Chalxanoglu (Bonaventura, 64), Rafael Leau (Rebich, 90), Ibrahimovich.
Ogohlantirishlar: Chigarini (26), Nandes (39), Pellegrini (60), Bennaser (61).



Manba: Maydon.ru

FIKRLAR
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.

© MAYDON.RU – Футбол янгиликлари.
Ташкил топган сана: 10.12.2018.
Бош муҳаррир: Жасурбек Аллашукиров.
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт. Блогдаги материаллар учун блог эгаси, хабарлар остидаги фикрлар учун фойдаланувчининг ўзи жавобгар.