logotip
OChL. «Bunyodkor» - «Az-Zavra» o'yini bir kun keyinga ko'chirilishi mumkin
11 YANVAR, 21:00 / O'QILDI: 1741

Xabaringiz bor, jamoamiz Osiyo Chempionlar ligasi saralash bosqichi doirasida Iroqning «Az-Zavra» klubini qabul qiladi.

Taqvimga ko'ra, mazkur bellashuv 21 yanvar kuni bo'lib o'tishi kerak. Osiyo Chempionlar ligasining saralash bosqichidan o'rin olgan yana bir bahs «Lokomotiv» - «Istiqlol» (Tojikiston) uchrashuvi ham xuddi shu kunga belgilangan.

«Bunyodkor» futbol klubi muxlislarga qulaylik yaratish maqsadida «Bunyodkor» - «Az-Zavra» o'yinini 22 yanvarga ko'chirish taklifi bilan raqibga va OFKga murojaat qildi. Iroqliklar jamoamizning bu taklifiga ijobiy javob qaytardi. OFK ham tez orada yakuniy qarorni qabul qilishini ma'lum qilgan.

Agar OFKning qarori ham ijobiy ko'rinish olsa, «Bunyodkor» - «Az-Zavra» bahsi 22 yanvar kuni bo'lib o'tadi.


Manba: Maydon.ru

FIKRLAR
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.

© MAYDON.RU – Футбол янгиликлари.
Ташкил топган сана: 10.12.2018.
Бош муҳаррир: Жасурбек Аллашукиров.
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт. Блогдаги материаллар учун блог эгаси, хабарлар остидаги фикрлар учун фойдаланувчининг ўзи жавобгар.