logotip
AFC U23. Avstraliya Tailand ustidan irodali g'alabaga erishdi
11 YANVAR, 20:50 / O'QILDI: 997

Tailandda davom etayotgan 23 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasida Osiyo chempionatida 2-tur o'yinlari boshlandi. Bugun "A" guruhi jamoalari tur bahslarini o'tkazishdi.

Bahrayn va Iroq olimpiya terma jamoalari o'rtasidagi o'yinda jangovar durang qayd etildi — 2:2.

Tailand esa Avstraliyaga qarshi uchrashuvni juda faol boshlab, 24-daqiqada haqli ravishda hisobni ochdi. Birinchi bo'lim oxiriga kelib, "yashil qit'a" vakillari o'yinni biroz tenglashtirishdi va tanaffusga hisobni tenglashtirgan holda yo'l olishdi.

Ikkinchi bo'limda avstraliyaliklar bosh murabbiyi tomonidan amalga oshirilgan o'zgarishlar o'z samarasini berdi. Bahs tugashiga 14 daqiqa qolganida Nikolas D’Agostino o'yindagi ikkinchi golini urib, Avstraliyaga g'alaba keltirdi.

Ushbu g'alaba tufayli Avstraliya o'z ochkolarini 4taga etkazib, guruh peshqadamiga aylandi. Ular so'nggi turda Bahrayn bilan to'qnash kelishadi. 3 ochko bilan 2-o'rinni egallab turgan Tailand so'nggi turda Iroqqa qarshi maydonga tushadi.

AFC U23. "A" guruhi, 2-tur
BAHRAYN - IROQ - 2:2
Gollar: Hoshim Iso (44), Muhammad Marhun (87) — Amir al-Ammariy (66), Muhammad Qosim (90)

TAILAND - AVSTRALIYa - 1:2
Gollar: Anon Amornlerdsak (24) — Nikolas D’Agostino (43, 76)

№Jamoa  O'    G'   D   M   T - N    O    1 Avstraliya 2 1 1 0 3-2 4 2 Tailand 2 1 0 1 6-2 3 3 Iroq 2 0 2 0 3-3 2 4 Bahrayn 2 0 1 1 2-7 1

 


Manba: Maydon.ru

FIKRLAR
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.

© MAYDON.RU – Футбол янгиликлари.
Ташкил топган сана: 10.12.2018.
Бош муҳаррир: Жасурбек Аллашукиров.
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт. Блогдаги материаллар учун блог эгаси, хабарлар остидаги фикрлар учун фойдаланувчининг ўзи жавобгар.