logotip
APL. «Arsenal» «Kristal Pelas»ni mag'lub eta olmadi (videosharh)
11 YANVAR, 20:35 / O'QILDI: 2961

Angliya chempionatining 22-turi doirasida «Kristal Pelas» klubi o'z maydonida «Arsenal»ni qabul qilib, durangga imzo chekdi.

Bahsning 12-daqiqasida Per-Emerik Obameyang londonliklarni hisobda oldinga olib chiqdi.

Ikkinchi bo'limning dastlabki daqiqalari esa mezbonlar uchun omadli keldi. "Pelas" yarim himoyachisi raqib jarima maydoni ichida to'pni qabul qilib, zarba berdi. Jakaga tegib qaytgan to'pga esa Jordan Ayyu zarba berdi. To'p David Luis tegib yuqoriga ko'tarildi va Lenoning ustidan oshib o'tib, to'rga borib tushdi.

Uchrashuvning 65-daqiqasida Obameyang raqib futbolchisiga oyog'iga xavfli tashlandi. Hakam unga dastlab sariq kartochka bergan edi, biroq VAR maslahati bilan kartochka qizilga almashtirildi.

Uchrashuvning qolgan daqiqalarida jamoalar bittadan o'ta qulay imkoniyatdan foydalana olishmadi. Tomkinsning zarbasini "kanonirlar" himoyachisi darvoza chizig'i ustida qaytargan bo'lsa, Pepening zarbasidan keyin to'p "Pelas" darvozasi ustuniga tegib qaytdi.

Ushbu durangdan keyin "Arsenal" 28 ochko bilan 10, "Kristal Pelas" esa 9-pog'onada qolmoqda.

Angliya chempionati, 22-tur
Kristal Pelas – Arsenal 1:1 (0:1, 1:0)
Gollar: 0:1 – 12 Obameyang, 1:1 – 54 Ayyu.
Kristal Pelas – Guaita, Keyxill, Kelli, Tomkins, Ridevald, Makkarti, Mayer (Tosun, 68), Kuyate, Makartur, Zaa, Ayyu.
Arsenal – Leno, David Luiz, Kolashinats, Papastatopulos, Meytlend-Naylz, Torreyra (Genduzi, 46), Jaka, O'zil (Martinelli, 70), Pepe, Lyakazett (Nelson, 90), Obameyang.
Ogohlantirishlar: Pepe (44), Meytlend-Naylz (51), Makkarti (71), Tomkins (85), Lyakazett (90).
Chetlatish: Obameyang (67).



Manba: Maydon.ru

FIKRLAR

© MAYDON.RU – Футбол янгиликлари.
Ташкил топган сана: 10.12.2018.
Бош муҳаррир: Жасурбек Аллашукиров.
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт. Блогдаги материаллар учун блог эгаси, хабарлар остидаги фикрлар учун фойдаланувчининг ўзи жавобгар.