logotip
Xayrulla Hamidovdan anons: «Ikkinchi o'yinim: «Vau» bahs»
11 YANVAR, 18:35 / O'QILDI: 1258

A seriyada ikki marta qatorasiga 5:0 hisobidagi g'alabani qo'lga kiritgan jamoa “Atalanta” bo'lishini kim tasavvur qilgandi? Tag'in bu ikki ajoyib g'alabaning birinchisi o'tgan yilning oxirida “Milan”ga qarshi bahsda, ikkinchisi yangi yilda milanliklarga o'xshash o'tmishi bilan faxralanadigan “Parma” ustidan...

“Atalanta”ning ayni paytdagi hujumi dahshatli ko'rinishda – 48ta gol. Chempionatda eng yaxshisi. Ikkinchi o'rinda borayotgan “Latsio” sakkiz golga ortda.

Bu tarixiy natijadan yuqorisi faqatgina 1958/59 yilgi mavsumda “Fiorentina”da bo'lgan. Florentsiyaliklar o'shanda “Milan”dan keyingi ikkinchi o'rinni qo'lga kiritishgan.

Matbuot bergamoliklarning go'zal o'yinidan sarmast. Gazzetta dello Sport jurnalisti Paolo Kondo: “Skudetto” so'zi bergamoliklarning oliy maqsadi emas, yuqoriroqqa...” deb ta'riflagan.

Janpero Gasperinigina bu gaplarga e'tibor bermay, o'zini ushlab turibdi: “Biz chempionlik uchun kurashmayapmiz. Maqsadimiz ekrokuboklarda qatnashish...”

E'tibor bering, shunda ham Chempionlar Ligasi degan so'z ishlatilmayapti, evrokuboklar!
Kechagi matbuot anjumanida ham kamtarlik: “Inter” bilan o'yinimiz bizning darajamizni ochib beradi: Italiyaning kuchli jamoalariga qanchalik yaqinmiz...”

Keling, tarkibdagi o'yinchilarni, Konte va Gasperinining taktik qarashlarini o'yinning o'ziga qoldiraylik. Yuqoridagi anonsning o'zi uchrashuv saviyasini ko'rsatib berishga etarli.

00:45da FUTBOL TV kanalidan uzoqlashmaysiz degan umiddaman!

Xayrulla HAMIDOV.


Manba: Maydon.ru

FIKRLAR
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.

© MAYDON.RU – Футбол янгиликлари.
Ташкил топган сана: 10.12.2018.
Бош муҳаррир: Жасурбек Аллашукиров.
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт. Блогдаги материаллар учун блог эгаси, хабарлар остидаги фикрлар учун фойдаланувчининг ўзи жавобгар.