logotip
“Navbahor”ga yana ikki nafar legioner qo'shildi
11 YANVAR, 18:25 / O'QILDI: 1906

Namanganning “Navbahor” jamoasi ixtiyoriga kecha yana ikki nafar xorijlik futbolchilar qo'shilishdi. Yarim himoya chizig'ida to'p suradigan mazkur futbolchilarning biri rossiyalik Bunyamudin Mustafoev bo'lsa, ikkinchisi ukrainalik Dmitriy Skoblov.  


Mustafoev 1992 yil, 7 sentyabrda tug'ilgan. Futbolchilik faoliyati davomida Rossiyaning “Kuban” (Krasnodar), “Torpedo” (Armavir), “Chernomorets” (Novorossiysk), “Fakel” (Voronej), “Armavir” (Armavir) klublarida o'ynagan. O'tgan mavsumda “Mashuk” (Pyatigorsk) jamoasida to'p surgan.


Dmitriy Skoblov esa 1989 yil 30 noyabrda tug'ilgan. Futbolchilik faoliyati davomida Ukrainaning “Ilichevets” (Mariupol), “Shaxtyor-3” (Donetsk), “Bukovina” (Chernovtsi), “Gelios” (Xarkov), “Volin” (Lutsk), “Avangard” (Kramatorks) klublarida o'ynagan. O'tgan mavsumni esa “Kremen” (Kremenchuk) jamoasida o'tkazgan.   


Ushbu futbolchilar “lochinlar”ning bugungi o'quv-mashg'ulot yig'inida ishtirok etishdi.


Shu tariqa, “Navbahor”da ko'rikdan o'tishga kelgan legionerlarning soni 10 nafarga etdi. 


Shuningdek, yana bir qator xorijlik futbolchilarning Namanganga tashriflari kutilmoqda.


Manba: Maydon.ru

FIKRLAR
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.

© MAYDON.RU – Футбол янгиликлари.
Ташкил топган сана: 10.12.2018.
Бош муҳаррир: Жасурбек Аллашукиров.
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт. Блогдаги материаллар учун блог эгаси, хабарлар остидаги фикрлар учун фойдаланувчининг ўзи жавобгар.