Madridning «Real» klubi futbolchisi Federiko Valverde «Manchester Yunayted» klubi yarim himoyachisi Pol Pogbaning “Qirollik klubi” safiga o'tishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga fikr bildirdi.
«Pogba? Men xavotir olmayapman. «Real» o'yinlaridan zavq olishga harakat qilyapman. Agar kelajakda Pol bizning tarkibga keladigan bo'lsa, u holda men undan ko'p narsa o'rganishga harakat qilaman.
Hatto Zidan asosiy tarkibda maydonga tushmayotgan paytimda ham meni qo'llab-quvvatlagan.U menga ishonchni qaytargan va jamoa bilan kirishib ketishimda muhim rol o'ynagan».
Manba: Maydon.ru
© MAYDON.RU – Футбол янгиликлари.
Ташкил топган сана: 10.12.2018. Бош муҳаррир: Жасурбек Аллашукиров.
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт.
Блогдаги материаллар учун блог эгаси, хабарлар остидаги фикрлар учун фойдаланувчининг ўзи жавобгар.