logotip
Konte: «O'ylaymanki, Ibragimovich «Milan»ga ko'p narsa bera oladi”
11 YANVAR, 16:30 / O'QILDI: 1689

Italiyaning «Inter» klubi bosh murabbiyi Antonio Konte Zlatan Ibragimovichning «Milan» klubiga o'tishiga o'z munosabatini bildirdi.


«Avvalo, Zlatan bilan salomlashmoqchiman.U buyuk chempion. Men uni  «Chelsi»ga olib kelmoqchi bo'lganman. Ibragimovichni juda qattiq hurmat qilaman, u ajoyib futbolchi.


O'ylaymanki, «Milan» klubiga ko'p foyda olib keladi. Uning individual harakatlari boshqa futbolchilarning o'sishiga katta yordam beradi. Menimcha, murabbiylar boshqalarni boshqara oladigan shunday futbolchilar bo'lishini juda xohlaydi. Bunday holda barcha ishlaring osonlashadi» dedi Konte.


Manba: Maydon.ru

FIKRLAR

© MAYDON.RU – Футбол янгиликлари.
Ташкил топган сана: 10.12.2018.
Бош муҳаррир: Жасурбек Аллашукиров.
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт. Блогдаги материаллар учун блог эгаси, хабарлар остидаги фикрлар учун фойдаланувчининг ўзи жавобгар.