logotip
“Andijon” o'rtoqlik uchrashuvda yirik hisobda g'alaba qozondi
11 YANVAR, 16:20 / O'QILDI: 874

Yangi mavsumga tayyorgarlikni Yangier shahrida olib borayotgan “Andijon” jamoasi bugun dastlabki o'rtoqlik uchrashuvini Samardqandning “Sherdor” klubiga qarshi o'tkazdi.
Ushbu o'rtoqlik uchrashuvida Aleksandr Xomyakov tarkibdagi bir qator mahalliy yosh va yangi futbolchilarni sinovdan o'tkazdi.


“Andijon”: Arslon Ahrorov, Usmonali Ismonaliev, Rustam Abdulhamidov, Oybek Abdug'afforov, Farhod Mirahmatov, Artur Mamatkazin, Doniyor Ismoilov, Muhammadaziz Ibrohimov, Valilillo Toshxo'jaev, Farhod Bekmuratov, Artyom Litvyakov.


Zahiradan maydonga tushganlar: Doniyor Abdumannopov, Robbimjon Hasanov, Siroj Meliev, Muhammad Yuldashev, Mirzohid Mamatxonov, Islom Mamatkazin, Xushnud Avilov, Sardor Azimov, Asilbek Azizov, Qahramon Bahodirov, Davron Isoqov, Baxtiyor Qosimov, Abdulloh Olimov, Dilmurod Abduqahhorov.


Qiziqarli kechgan uchrashuv to'laligicha “Andijon” jamoasi ustunligida o'tdi. Birinchi bo'limning dastlabki daqiqalarida jamoa mashg'ulotlariga taklif etilgan moldaviyalik hujumchi Artyom Litvyakov ikki bora “Sherdor” darvozasini ishg'ol etdi.


Ikkinchi bo'limda maydonga tushgan Abdulloh Olimov ikki marta raqib darvozasini aniq nishonga olib, hisobni yirik ko'rinishga olib keldi.


Endi Aleksandr Xomyakov boshchiligidagi “Andijon” keyingi o'rtoqlik uchrashuvini 15 yanvar kuni Yangier shahrida Tojikistonning “Istiqlol” jamoasiga qarshi bahs olib boradi.


Manba: Maydon.ru

FIKRLAR
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.

© MAYDON.RU – Футбол янгиликлари.
Ташкил топган сана: 10.12.2018.
Бош муҳаррир: Жасурбек Аллашукиров.
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт. Блогдаги материаллар учун блог эгаси, хабарлар остидаги фикрлар учун фойдаланувчининг ўзи жавобгар.