logotip
Transfer olamidagi yangiliklar
11 YANVAR, 15:55 / O'QILDI: 2114

 


Ushbu ruknimizga oid eng so'nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.


“Yuventus” o'z etakchisini saqlab qolmoqchi


 


Turinning “Yuvnetus” jamoasi o'tgan yili yozda Paulo Dibalani sotib yubormoqchi bo'lganidan xabaringiz bor. Futbolchining Sarri o'yin uslubiga tushmasligi ro'kach qilinib transferga qo'yilgan edi, biroq birorta klub Dibala uchun “Yuventus” istagan miqdordagi pulni to'lashni istamagan edi.


Endilikda klub Dibala borasidagi o'zining qarorini o'zgartirdi. Buhaqida “Goal” nashrixabarbermoqda. Jamoa rahbarlari tez orada argentinalik futbolchi bilan yangi shartnoma imzlosh borasida muzokaralarga kirishadi.


Manba bergan xabarlarga ko'ra, Dibalaning yangi shartnomadagi yillik daromadi 10 million evroni tashkil etishi kutilmoqda. Ayni damda u o'z shartnomasi orqali yiliga 7 million evro daromad olmoqda.


Anchelotti ishga kirishdi


 


Liverpul shaxrining “Everton” jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti qishki transferlar chog'ida jamoa safini braziliyalik futbolchi bilan kuchaytirishni rejalashtirmoqda”- deb xabar bermoqa “GazetaEsportivo” nashri.


Unga ko'ra, “Gremio” hujumchisi Everton Coartes uchun “irislar” 30 million evro to'lashga rozi bo'lishgan va yanvar oyining so'nggi kunlarida tranasfer amalga oshadi.


Manba bergan ma'lumotga ko'ra, Karlo Anchelotti allaqachon futbolchi bilan qo'ng'iroqlashgan va barchasi tez orada ijobiy hal etiladi.


Tuzar Bundesligaga yo'l oladi


 


Fransiyaning “Lion” klubi rahbarlari jamoaning yangi yulduzi Lyuk Tuzarni sotib yuborishga qarshi emas. Bu haqida “L'equipe L’equipe” nashri ma'lumot tarqatmoqda. Manbaning ma'lum qilishicha, 22 yoshli futbolchi uchun Germaniyaning bir nechta jamoalaridan qiziqish mavjud bo'lishiga qaramay, katta ehtimol bilan uning navbatdagi jamoasi Berlinning “Gerta” klubi bo'ladi.


Bundesliga vakillari Tuzar uchun 30 million evrodan voz kechishlari shart. Nemis jamoasi bir hafta ilgari futbolchi uchun 25 million evro taklif qilgan edi, biroq “Lion” Tuzarni sotishni istamadi.


Eslatibo'tamiz, yarimhimoyachiushbumavsumda 17 tao'yindaishtiroketdivao'zhisobiga 2 tagolyozibqo'ygan.


“Lion” Auarni sotmoqchi emas


 


““Lion” jamoasining yana bir iqtidorli futbolchisi Ussem Auar ham bir nechta top klublari e'tiborida turibdi. Ular orasida “Yuventus”ning imkoniyatlari yaxshiroq”-,deb xabar bermoqda “A bola” nashri.


Iqtidorli yarim himoyachi maydon markazida deyarli universal hisoblanadi. Turinliklar uning transferi orqali markazdagi bo'shliqni to'ldirishni va Aaron Remziy va Adrien Rabiolarni sotib yuborishni rejalashtirmoqda. Pavel Nedved Ussem borasida “Lion” klubi raxbarlari bilan birinchi uchrashuvni o'tkazishga ham ulgurdi.


“Lion” yarim himochini qo'yib yuborishga qarshi emas, faqat mavsum so'nggida bo'lsa bo'lgani. Turnliklar esa, barchasini qishki transfer oynasi yopilguniga qadar amalga oshirmoqchi. Agarda, kelishuv amalga oshsa, yarim himoyachi uchun Italiya klubi 45 million evro to'lash kerak bo'ladi.


Eslatib o'tamiz, Ussem Auar davom etayotgan mavsumda 23 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Uning xisobida 5 ta gol va 5 ta golli uzatma mavjud.


Kante Madridga ketmoqchi


Londonning “Chelsi” klubi yarim himoyachisi Ngolo Kante o'z jamoasini o'zgartish fikridan qaytganicha yo'q. Bu haqida “The Sun” nashri xabar tarqatmoqda. Frantsiyalik futbolchi qishki transerlar chog'ida bu ishni amalga oshira olmasada, yozda Londonni tark etishni rejalashtirmoqda.


Manba bergan xabarlarga ko'ra, Ngolo London klubi bilan shartnomani uzaytirishdan bosh tortgan. Uning agenti bergan ma'lumotlarga qaraganda, Kante hali-hamon “Real Madrid” ustozi Zayniddin Zidanning e'tibor markazida turibdi. Futbolchining o'zi ham yangi chaqiruvlarga labbay deb javob berishni juda istamoqda.


Agarda Madrid klubi amaldagi JCh g'olibini qo'lga kiritishni istasa, 100 million evrodan voz kechishi talab etiladi.


Manba: Maydon.ru

FIKRLAR

© MAYDON.RU – Футбол янгиликлари.
Ташкил топган сана: 10.12.2018.
Бош муҳаррир: Жасурбек Аллашукиров.
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт. Блогдаги материаллар учун блог эгаси, хабарлар остидаги фикрлар учун фойдаланувчининг ўзи жавобгар.