logotip
"MYu" portugaliyalik futbolchi bilan muzokara olib bormoqda
11 YANVAR, 14:35 / O'QILDI: 1632

Portugaliyaning «Sporting» klubi himoyachisi  Brunu Fernandesh qishki transfer bozorida «Manchester Yunayted» klubiga o'tishi mumkin deya xabar bermoqda Daily Mail.

«MYu» ijrochi direktori Ed Vudvord “Sporting” klubi prezidenti Federiko Varandash bilan uchrashgan. Ushbu uchrashuvda futbolchining agenti ham ishtirok etgan. Tomonlar futbolchining transferini muhokama qilishgan.

“Mankunianlar” ushbu futbolchini shu yilning yozida sotib olishmoqchi edi, lekin Skott Maktomini va Pol Pogbalarning jarohati sabab, qishdayoq qo'lga kiritish payiga tushib qolishdi.


«MYu» futbolchi uchun 55 millionfuntsterling to'lashga tayyor.


Manba: Maydon.ru

FIKRLAR

© MAYDON.RU – Футбол янгиликлари.
Ташкил топган сана: 10.12.2018.
Бош муҳаррир: Жасурбек Аллашукиров.
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт. Блогдаги материаллар учун блог эгаси, хабарлар остидаги фикрлар учун фойдаланувчининг ўзи жавобгар.