logotip
«As-Sadd» klubi Xavi «Barselona»ni boshqarishi mumkinligi yuzasidan bayonot berdi
11 YANVAR, 11:00 / O'QILDI: 822

"As-Sadd" klub bosh direktori Turki al-Aliy jamoa bosh murabbiyi Xavi va "Barselona" o'rtasida muzokara o'tkazilgani haqidagi xabarlar yuzasidan o'z fikrini bildirib o'tdi.

"Xavining "Barselona" boshqarishi haqidagi xabar kutilgan vaziyat va tabiiy jarayon. Chunki, "Kamp Nou" uning uyi va kelajakda u o'z uyiga qaytishi kerak. Ammo hozirgi kunda Xavi "As-Sadd" bosh murabbiyi.

Xavi va uning jamoasi ertaga "Ar-Rayyan"ga qarshi bo'ladigan o'yinga (Qatar kubogi doirasida) e'tiborni qaratgan. Ishonchim komil, "Barselona" kabi professional jamoa bunday masalalarni rasmiy murojaat orqali hal qiladi", – deya Al-Aliyning so'zlaridan iqtibos keltirdi "As-Sadd" klubi matbuot xizmati.

Eslatib o'tamiz, Xavi Ernandes 2019 yilning may oyida "As-Sadd" klubi bosh murabbiyiga aylangan edi.


Manba: Maydon.ru

FIKRLAR
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.

© MAYDON.RU – Футбол янгиликлари.
Ташкил топган сана: 10.12.2018.
Бош муҳаррир: Жасурбек Аллашукиров.
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт. Блогдаги материаллар учун блог эгаси, хабарлар остидаги фикрлар учун фойдаланувчининг ўзи жавобгар.