logotip
O'zbekiston olimpiya terma jamoasi Xitoy bilan o'yinni oq rangli libosda o'tkazadi
11 YANVAR, 10:40 / O'QILDI: 1102

O'zbekiston olimpiya terma jamoasi Osiyo chempionati 2-tur uchrashuvlari doirasida ertaga Xitoy terma jamoasi bilan bahs olib boradi.

Mazkur uchrashuvni terma jamoamiz oq rangli libosda o'tkazadi. Darvozabonimiz sariq rangli forma kiyadi. Xitoylik futbolchilar esa qizil rangdagi sport formalarida maydonga chiqishadi. Raqib posboni egnida siyohrang libos bo'ladi. Uchrashuv hakamlari esa ko'k rangli sport liboslari kiyadi.

Ta'kidlash joiz, Xitoy – O'zbekiston uchrashuvi 12 yanvar kuni soat 18:15da “Tinsulanon” stadionida bo'lib o'tadi.


Manba: Maydon.ru

FIKRLAR
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.

© MAYDON.RU – Футбол янгиликлари.
Ташкил топган сана: 10.12.2018.
Бош муҳаррир: Жасурбек Аллашукиров.
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт. Блогдаги материаллар учун блог эгаси, хабарлар остидаги фикрлар учун фойдаланувчининг ўзи жавобгар.