"Tottenxem" hujumchisi Son Xyon Min tomonidan "Byornli" darvozasiga urilgan gol Angliya premer-ligasining dekabr oyidagi eng chiroyli goli sifatida tan olindi.
Angliya chempionatining 16-turi doirasida bo'lib o'tgan o'yinda koreyalik futbolchi o'z jarima maydoni yaqinida to'pni qabul qilib, raqibning bir necha nafar futbolchisini aldagancha butun maydonni bosib o'tdi va yakkama-yakka vaziyatda darvozani ishg'ol qildi.
Son Xyon Min ushbu mavsumda APL doirasida 16ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol urdi va 7ta golga uzatma berdi.
Manba: Maydon.ru
© MAYDON.RU – Футбол янгиликлари.
Ташкил топган сана: 10.12.2018. Бош муҳаррир: Жасурбек Аллашукиров.
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт.
Блогдаги материаллар учун блог эгаси, хабарлар остидаги фикрлар учун фойдаланувчининг ўзи жавобгар.