logotip
O'zbekiston olimpiya terma jamoasi qiziq muammoga duch keldi
11 YANVAR, 09:05 / O'QILDI: 1268

O'zbekiston olimpiya terma jamoasi dastlabki o'yinda tashkilotchilik bilan bog'liq qiziq muammoga duch keldi. Bu haqda taniqli mutaxassis Alisher Nikimbaev o'zining telegramdagi kanali orqali xabar tarqatdi.

Eronga qarshi o'yinda futbolchilarimiz kiyib tushgan futbolkadagi ishlab chiqaruvchining logotipi Osiyo chempionati emblemasi bilan yashirilgan edi.



Yashirilgan emblema bu "Pres-Jog" kompaniyasi logotipi edi. Gap shundaki, O'zbekiston milliy olimpiya qo'mitasi 2018 yilning sentyabr oyida Xitoyning “QIERTE Co.Ltd” kompaniyasi (“PRES-JOG” brendi) bilan 2018-2022 yillar uchun homiylik va hamkorlik bo'yicha shartnoma imzolagan edi.

Mazkur kelishuvga ko'ra, futbol bo'yicha O'zbekiston olimpiya terma jamoasi 2018-2022 yillar oralig'ida xalqaro musobaqada "Pres-Jog" tomonidan taqdim etilgan liboslarda o'ynashi majburiy etib qo'yilgan.

Ammo o'sha voqeadan atigi bir yarim oy o'tib O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi "Jako" firmasi bilan shartnoma imzoladi. O'sha paytda MOQ va O'FA prezidenti bir inson — Umid Ahmadjonov rahbarlik qilgan edi. Ya'ni O'zbekiston olimpiya (U23) terma jamoasini kiyintirish huquqi birdaniga ikkita kompaniya — "Pres-Jog" va "Jako" kompaniyalariga berib yuborildi.

Olimpiyachilarimiz shu paytgacha "Pres-Jog" formalarida o'ynab kelishdi, ammo Tailanddagi Osiyo chempionati boshlanish arafasida "Jako" o'z huquqlarini talab qila boshlagan bo'lishi mumkin. Shuning uchun futbolkadagi "Pres-Jog" logotiplari ustiga Osiyo chempionati ramzi yopishtirib chiqildi.

23 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Osiyo chempionati saralash bosqichi: O'zbekiston U23 terma jamoasining Hindistonga qarshi o'yinida surat.


Manba: Maydon.ru

FIKRLAR

© MAYDON.RU – Футбол янгиликлари.
Ташкил топган сана: 10.12.2018.
Бош муҳаррир: Жасурбек Аллашукиров.
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт. Блогдаги материаллар учун блог эгаси, хабарлар остидаги фикрлар учун фойдаланувчининг ўзи жавобгар.