logotip
«Yuventus» Dibala bilan shartnomani uzaytirmoqchi
11 YANVAR, 08:40 / O'QILDI: 1932

«Yuventus» klubi hujumchi Paulo Dibala bilan yangi shartnoma imzolamoqchi. Ma'lumotlarga qaraganda, yaqin kunlarda tomonlar shartnomani uzaytirish borasida muzokaralarni boshlashadi.

Yangi shartnomada argentinalik futbolchining yillik maoshi 7 million evrodan 10 million evroga oshiriladi.

26 yoshli Dibala 2015 yildan beri «Yuventus» sharafini himoya qilib kelmoqda. Bu davr mobaynida futbolchi 205ta o'yinda maydonga tushib, 87ta gol urdi va 30ta golga uzatma berdi. Uning "keksa sinora" bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar tuzilgan.


Manba: Maydon.ru

FIKRLAR

© MAYDON.RU – Футбол янгиликлари.
Ташкил топган сана: 10.12.2018.
Бош муҳаррир: Жасурбек Аллашукиров.
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт. Блогдаги материаллар учун блог эгаси, хабарлар остидаги фикрлар учун фойдаланувчининг ўзи жавобгар.