logotip
Xabi Alonsa Messini qanday to'xtatib qolganini aytdi
11 YANVAR, 02:30 / O'QILDI: 1034

U men ko'rgan yarim himochilar ichida eng kuchlilaridan biri. U o'yinni yaxshi tunushadi va unga katta qiziqish bilan yondoshadi. Xabi hafta davomida g'alaba qozonish yo'llarini o'ylaydigan futbolchi edi. U tez orada murabbiy sifatida yana futbolga qaytishiga Shubham yo'q. Ana shunda u o'zi uchun istagan klubini tanlashi mumkin. Kelajakda ajoyib murabbiy bo'lib etishishiga Shubham yo'q.


 


Pep Gvardiola


 


2018-yildan boshlab o'z murabbiylik faoliyatini boshlagan Xabi Alonsa “Real Madrid”ning 12 yoshgacha bo'lgan futbolchilari bilan qisqa fursatda chempionlikni qo'lga kiritishni uddaladi. 2019-yil boshida qahramonimiz kerakli litsenziyalarni qo'lga kiritdi va jonajon klubi “Real Sosedad” jamoasining o'rinbosarlariga ustozlik qilishni boshladi. Ayni damda u asosiy jamoaning murabbiyi bo'lish uchun asosiy da'vogarlardan biri bo'lib turibdi. Yaqindagina “The Coaches' Voice" nashri uchun bergan intervyusida o'zi to'p surgan jamoalardagi taktik sxemalar haqida to'xtalib o'tdi.


 


“Liverpul”


Rafa Benites qo'l ostida asosan 4-2-3-1 sxemasida harakat qilar edik. Men chap tayanch yarim himoyachisi vazifasini bajarar edim. Mening maydondagi harakatlarim, ikkinchi tayanch yarim himoyachisining kim bo'lishi va hujumchi ortidagi futbolchi bilan bog'liq edi. Aggarda 10-raqam pozitsiyasida Jerrard harakat qilsa, mening birinchi vazifam u tashlab ketgan bosh zonalarni yopish va tezkorlik bilan uning o'rnini egallashim  edi. Shu yo'sinda biz Jerrardni ikkinchi hujumchi pozitsiyasiga olib chiqar edk. Uzoq yillar davomida  Maskerano bilan birgalikda tayanch yarim himoyasida harakat qildik. U juda ham mehnatkash futbolchi bo'lib, asosiy vazifasi hujumlarni barbod qilishdan iborat edi. Xavier markazni bir o'zi ushlab turishi, men hujumda Jerrarga yordam berishga chiqishimn talab etilar edi. Bizning o'yin falsafamiz tezkor hujumlar ustiga qurilgan bo'lib, o'yindagi eng muhim vazifam to'pni markazda qabul qilib, qanotdagi futbolchilarni oldinga boshlashdan iborat edi. Rafa mendan ko'proq dioganal paslarni ijro etishimni talab qilar, oldimdagi futbolchilar bilan o'ynashimni istamas edi.


“Real Madrid”



Joze Mourino qo'l ostida tayan yarim himoyasida asosan men va Sami Hedira harakat qilar edik. Hedira jismonan baquvvat futbolchi bo'lgani bois, ko'proq oldinga harakat qilishga mo'ljallangan edi. Shunday bo'lsada, bizning hujumlarimizning barchasi Mesut O'zilning harakatlariga bog'langani shundoqqina yodimda. U doimmo jarima maydonchasi atrofida to'pni qabul qilishi va hujumni havfli tusga kiritishi Jozening talabi edi. Bu maydonda to'p surish uchun eng noqulay pozitsiya. Sababi, to'pni qabul qilishing bilan himoyachilardan bir nechtasi vaziyatni yumshatish uchun sen tomonga otiladi. Kichik bo'shliqda qolib ketishinga qaramay, sen hujumga yangi temp berishg kerak. Madridda to'p surgan chog'larim doimmo O'zil bilan o'ynashga harakat qilganman. Sababi, u to'psiz harakat qilish borasida chinakam professional. Qanotlarda Ronaldu va Di Maria hujumni so'nggi bosqichga olib chiqishi talab etilar edi. Shu o'rinda Ronalduni ham qayd etib o'tish joiz. Unga to'pni aniq tashlab bersangiz bo'ldi. Qolganini o'zi “ijod”qilib yuborar iiodir futbolchi.



Bizning o'yin falsafamiz himoyadagi to'pni katta tezlik bilan hujumchilarga etkazib berishdan iborat bo'lib, to'liq qarshi hujumlarga tayangan futbol edi desam, adashmagan bo'laman. Biz o'yinlar davomida ko'p pasdan foydalanmasakda juda ko'p gol kiritishni uddalaganmiz.


Messiga qarshi himoya


Ochig'I uni to'xtatib qolish biz uchun avvaliga katta muammolar tug'dira boshladi. U doimmo aldamchi to'qqizlik ko'rinishida maydonga tushar,  biroq Xavi o'yinning tempini belgilab beruvchi futbolchi edi. Ko'pincha Xaviga bosim o'tkazishg uchun oldinroq chiqishga to'gri kelar, bunday vaziyatda Messi mening ortimda paydo bo'lar edi. Messini zararsizlantirish uchun o'z pozitsiyasini tashlab oldinga intilgan Serhio Ramos qoldirgan bo'shliqda Villa yoki Pedro paydo bo'ladi va Messi ularni ajoyib uzatma bilan ta'minlaydi. Qarabsizki, sizning darvozangiz ishg'ol qilingan. Shunday bo'lsada, vaqt o'tgach, biz “Barselona”ning uslubiga qarshi chora topishni uddaladik. Men Xavi yoki Inestani ta'qib qilmay qo'ydim. Ramos esa, o'z pozitsiyasidan bir metr ham jilmaydigan bo'ldi. Bu uslub sababli “Barselona” ko'proq to'p bilam muomilada bo'lgan bo'lsada, biz Messini o'yindan chiqarishni uddalagan edi. Agarda, barchasini to'g'ri amalga oshirganimizda, o'sha “Barselona”ni to'xtatib qolishimiz mumkin edi.


“Bavariya”



Myunhendagi pozitsiyam tayanch yarim himoyachisi bo'lsada, qolgan jamoalarnikidan keskin farq qilar edi. Men sxemadagi yagona tayanch yarim himoyachisi edim. Oldinroqda ikkita yarim himoyachi joylashgan bo'lib, ular o'yin tempini belgilab berishi lozim edi. Eng qizig'I shundaki, mening maydondagi asosiy vazifam to'pni aniq va tezlik bilan oldinroqdagi ikkia yarim himoyachiga etkazib berishdan iborat edi. Agarda raqibimiz ikkita hujumchi bilan harakat qilsa, men markaziy himoyachilar bilan bir chiziqda turgancha to'pni himoyachilar bilan pas o'ynash orqali oldinga etkazishim talab etilgan. Gvardiolaning o'yin falsafasi to'pni va o'yinni to'liq boshqarishdan iborat. U to'p nazoratb, uning doimmo erda bo'lishi, qanot futbolchilarining markazga yorib kirishi va boshqa ko'plab mayda detallarni ham ko'zdan qochirmas, barchasi uning rejasi asosida ketishi istaydigan murabbiy. “Bavariya”ga kelganimda 32 yoshda edim. Karieramning katta qismi ortda qolgan bo'lsada, Gvardioladan juda ko'p narsalari o'rganishga muvaffaq bo'ldim.


Manba: Maydon.ru

FIKRLAR
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.

© MAYDON.RU – Футбол янгиликлари.
Ташкил топган сана: 10.12.2018.
Бош муҳаррир: Жасурбек Аллашукиров.
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт. Блогдаги материаллар учун блог эгаси, хабарлар остидаги фикрлар учун фойдаланувчининг ўзи жавобгар.