logotip
Germaniya 16:0 Rossiya?! Grand terma jamoalarning eng yirik g'alabalari
11 YANVAR, 01:25 / O'QILDI: 1178

Bugun Futbol olaminig eng ko'zga ko'ringan terma jamoalarining eng yirik xisobdagi g'alabalarini yodga olmoqchimiz.


Ispaniya



21-asrning eng kuchli jamoalaridan biri hisoblanuvchi Ispaniya terma jamoasining eng ulkan g'alabasi 1983-yilda Malta terma jamoasiga qarshi o'yinda kuzatilgan. O'sha uchrashuvda ispanlar raqibni 12:1 hisobida tor-mor keltirishga muvaffaq bo'lishgan edi. 21-asrga kelib Ispaniya futbolida keskin ko'tarilish kuzatildi. Ushbu yurt terma jamoasi yangi asrdagi eng yirik xisobdagi g'alabasini 2013-yilda bo'lib o'tgan Konfederatsiyalar Kubogi doirasida Taiti termasiga qarshi o'yinda qo'lga kiritgani yodingizda bo'lsa, ajab emas. O'sha uchrashuvda ispanalar Okeaniya mintaqasidan tashrif buyurgan futbolchilar darvozasiga javobsiz 10 ta gol kiritishga muvaffaq bo'lishadi. Fernando Torres poker qayd etgan bo'lsa, David Villa xet-trikni o'z hisobiga yozib qo'yadi. Shuningdek, David Silva ham ikkita golga mualiflik qilgan bo'lsa, Xuan Mata ham gol kiritib o'yinga mantiqiy yakun yasab beradi.


Angliya



Futbol vatani vakillari ham Evropaning boshqa grand jamoalari singari mintaqadagi kuchsiz terma jamoalarga qarshi uchrashuvlarda o'zini yaxshi his etadi. Ingilizlar o'zining boy tarixidagi eng yirik xisobdagi g'alabani 1960-yilda Lyuksenburgga qarshi uchrashuvda qayd etishgan. Londonda bo'lib o'tgan o'yin ingilizlar raqibni javobsiz to'qqizta gol bilan “siylashgan” bo'lsa, 2013-yilda bechora San Marino ham inglizlardan xuddi shu xisobda jabr ko'radi. Jahon chempionati uchun saralash o'yinlari doirasida kechgan o'yinda ingilizlardan Lempard, Defo, Chemberlen, Eshli Yang, Starridj o'z nomini tabloga yozdirib qo'yishgan.


Braziliya



Charm to'p afsungarlari ham o'z tarixida bir necha bor yirik xisobdagi g'alabalarni qo'lga kiritishgani tabiiy. Mundiallarda barchadan ko'proq zafar quchgan Braziliya o'tgan asrning 49-yilida “Kopa Amerika” musobaqasi doirasida Boliviyaga qarshi uchrashuvda 10:1 natijasi bilan g'alaba qozonishgan bo'lsa, oradan 8 yil o'tib Kolumbiya darvozasiga javobsiz 9 gol kiritishni uddalashagan. 21-asrga kelib Janubiy Amerika jamoalarida o'sish kuzatilgan bo'lsada, Braziliya raqibalarini yirik hisobda dog'da qoldirishda davom etaverdi. 2000-yilda hali “pentakampion” darajasiga ko'tarilmagan jamoa Venesuela termasi darvozasiga 6 ta javobsiz gol kiritadi. O'sha uchrashuvda Ramario 31 daqiqa ichida to'rrta gol kiritishga muvaffaq bo'lgani bilan ham muxlislar yodida qolgan.


Frantsiya


 


Statistik ma'lumotlarga qaraganda, Frantsuzlar kuchsiz raqiblarga qarshi uchrashuvda raqibni tor-mor etishni uncha xush ko'rmaydi. Amaldagi JCh g'oliblarining yangi asrdagi eng yirik g'alabasi 2004-yilgi Evropa chempionati uchun saralash uchrashuvida qayd etilgan. Bu safar “bechora” Malta Frantsiyaga rekod o'rnatishda yordam berib yuboradi. Frantsuzlar o'sha uchrashuvda raqiblari darvozasiga javobsiz 6 ta gol kiritishni uddalashgan edi. Shunday bo'lsada, jamoa tarixidagi eng yirik g'alabani 20 asr so'nggida qo'lga kiritgan. Oser maydonda bo'lib o'tgan uchrashuvda Azerbayjon darovazasi javobsiz 10 bor ishg'ol etilgan. 


Germaniya



Nemis mashinasi tarixida yirik g'alabalar ko'p uchragan bo'lsada, bugun ushbu g'alabalar ichida eng yirik natija qayd etilganlariga to'xtalib o'tamiz. 2008-yila bo'lib o'tgan qit'a birinchiligi uchun saralash bahslari doirasida San Marino terma jamoasi bilan to'qnash kelgan Germaniya yangi asrdagi eng yirik xisobdagi g'alabani qolga kiritdi. O'sha uchashuvda Nemislar raqibni 13:0 natijasida taslim qilishdi. Eng qizig'u shundaki, Jamoa 20 asr avvalida bundan ham yirikroq xisobda g'alaba qoznishga muvaffaq bo'lgan. 1912-yilda bo'lib o'tgan Olimpiyadaning futbol o'yinlari chog'ida Rossiyalik charm to'p ustalariga qarshi to'qnash kelgan nemis mashinasi o'z tarixidagi eng yirik xisobdagi g'alabani qo'lga kiritadi. Gollarga boy o'tgan uchrashuvdan so'ng, tabloda 16 : 0 natijasi porlaydi. O'sha uchrashuvda Germaniya har bir taymda sakkiztadan gol kiritishga muvaffaq bo'lgan bo'lsa, hujumchi Erik Fuks o'z hisobiga 9 ta gol yozib qo'yadi.


Manba: Maydon.ru

FIKRLAR

© MAYDON.RU – Футбол янгиликлари.
Ташкил топган сана: 10.12.2018.
Бош муҳаррир: Жасурбек Аллашукиров.
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт. Блогдаги материаллар учун блог эгаси, хабарлар остидаги фикрлар учун фойдаланувчининг ўзи жавобгар.