logotip
"Lokomotiv" kundaligi: Abu Dabidagi sakkizinchi kun. O'yin oldidan mashg'ulot
11 YANVAR, 00:00 / O'QILDI: 922
"Lokomotiv" yangi mavsumning dastlabki xorij yig'inini o'tkazish uchun 3 yanvar kuni Toshkentdan BAA tomon yo'l olgandi.

Bugun jamoaning Abu Dabiga kelganiga roppa-rosa bir hafta bo'ldi. "Temiryo'lchilar"ning bugungi mashg'uloti bir mahal kechdi. Sababi jamoani ertaga dastlabki o'rtoqlik uchrashuvi kutyapti, shu bois kunduzgi mashg'ulot maydonda bo'ldi, kechki payt esa murabbiylar futbol nazariyasi bo'yicha saboq o'tishdi. 

Bugungi mashg'ulot ertangi o'yin oldidan atayin o'yinoldi mashg'ulot sifatida o'tdi deb bo'lmaydi. Chunki "Loko"ning asosiy maqsadi o'rtoqlik o'yinlari emas, balki 21 yanvar kuni Toshkentda bo'lib o'tadigan Osiyo chempionlar ligasi pley-off uchrashuvi. 

Ertangi nazorat bahsi Shotlandiyaning eng nomdor klublaridan biri "Glazgo Reynjers"ga qarshi kechadi. Dubaydagi "Sevens" stadionida tashkil etiladigan uchrashuv mahalliy vaqt bilan 15:00 (Toshkent vaqti 16:00)da start oladi. O'ylaymizki, mazkur bellashuv jamoamiz uchun har tomonlama foydali bo'ladi, har holda "Reynjers" Evropada o'ziga yarasha tarix yozgan klublardan biri hisoblanadi.

Bugungi mashg'ulot ham o'ziga yarasha qizg'in kechdi. Barcha tinim bilmay mehnat qilyapti va mavsumga yaxshi tayyorgarlik ko'rishga harakat qilmoqda. Ertaga jamoa 11:45da "Marriott" mehmonxonasidan Dubay sari yo'lga chiqadi. O'yindan keyin kechqurun navbatdagi kundalikni taqdim etamiz. 

"Lokomotiv" PFK matbuot xizmati.

 


Manba: Maydon.ru

FIKRLAR
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.

© MAYDON.RU – Футбол янгиликлари.
Ташкил топган сана: 10.12.2018.
Бош муҳаррир: Жасурбек Аллашукиров.
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт. Блогдаги материаллар учун блог эгаси, хабарлар остидаги фикрлар учун фойдаланувчининг ўзи жавобгар.