logotip
«Chelsi» yarim himoyachisi safdan chiqdi
10 YANVAR, 23:15 / O'QILDI: 1065

"Chelsi" klubi qanot yarim himoyachisi Kristian Pulishich jarohat tufayli safdan chiqdi.

Jamoa bosh murabbiyi Frenk Lempard so'zlariga qaraganda, 21 yoshli AQShlik futbolchining boldir qismidagi mushagi lat egan. Uning tiklanishi uchun bir necha hafta vaqt kerak bo'ladi.

Pulishich ushbu mavsumda "Chelsi" safida barcha musobaqalar doirasida 23ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol urdi va 6ta golga uzatma berdi.


Manba: Maydon.ru

FIKRLAR
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.

© MAYDON.RU – Футбол янгиликлари.
Ташкил топган сана: 10.12.2018.
Бош муҳаррир: Жасурбек Аллашукиров.
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт. Блогдаги материаллар учун блог эгаси, хабарлар остидаги фикрлар учун фойдаланувчининг ўзи жавобгар.