logotip
Simeone: "Barsa" - dunyoning eng kuchli jamoalaridan. Ammo, oxirigacha o'ynash kerak"
10 YANVAR, 22:05 / O'QILDI: 1867

"Biz birinchi taymda himoyaviy o'ynagan holda, qarshi hujumlarga ko'proq urg'u bermoqchi edik, ammo raqibning bosimidan chiqib keta olmadik.


Ikkinchi taymni esa bizga kuch bag'ishlagan gol bilan boshladik, ammo raqib bunga hujumkor ruhda javob qaytardi. Ammo, Lorentening o'yinga chiqishi va Korreaning hujumga o'tishi bizga erkinroq o'ynashga yordam berdi.


Biz boshqa jamoaga aylandik. Agar biz hisobni qisqartira olsak, g'alaba qozonishimiz malum edi.


"Barselona" qolganlardan bir qadam oldinda. Bu dunyoning eng yaxshi jamoalaridan biridir, ammo o'yinni oxirigacha o'ynash kerak. Biz bu erda bo'lishga haqli edik va buyog'iga yana bitta finalni o'tkazamiz", - deydi Simeone.


Eslatib o'tamiz, "Real" va "Atletiko" o'rtasidagi Ispaniya Superkubogi finali 12 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan soat 23:00da boshlanadi.


Manba: Maydon.ru

FIKRLAR

© MAYDON.RU – Футбол янгиликлари.
Ташкил топган сана: 10.12.2018.
Бош муҳаррир: Жасурбек Аллашукиров.
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт. Блогдаги материаллар учун блог эгаси, хабарлар остидаги фикрлар учун фойдаланувчининг ўзи жавобгар.