logotip
"Atletiko" "Barselona"ni Superkubokdan chiqarib yubordi: 5ta gol, VAR, Feliksning Messi va Suares bilan to'qnashuvi
10 YANVAR, 21:55 / O'QILDI: 1009

"Barsa" va "Atletiko" birgalikda 5ta gol urishdi, hamma gol ikkinchi bo'limda sodir bo'ldi. Uchrashuvning birinchi qismida Kataloniya klubi 9ta zarba (3ta aniq zarba) bergan bo'lsada, raqib darvozasini ishg'ol qila olmadi. Birinchi bo'lim janjal bilan esda qoldi. Aniqrog'i "Barselona"ning Feliksga bo'lgan etirozi bilan.




Portugaliyalik taym oxirida raqib jarima maydonchasiga uzatilgan to'pga etishga urindi. Joau to'pni o'tkazib yubordi, ammo tirsagi bilan Xordi Albaga tegib ketgan ko'rinadi. Ispaniyalik himoyachi Feliks oldiga kelib, raqibining yuziga barmog'i bilan "mini shapaloq" berdi.



Joau Xordining qo'lini itarib yubordi. Keyin Umtiti portugaliyalikni olib ketdi, Albani esa Morata tinchlantirishga urindi.



Ammo mojaro yakunlanmadi. Xushtakdan so'ng Feliks oldiga Messi keldi. Futbolchilar kiyinish xonasiga ketayotib nimanidir aniqlashtirishga urinishdi, keyin shartta to'xtab, peshonalar jangini boshlashdi.



Vaziyatga Pike va Tomas aralashishdi. "Barselona" sardori chetga chiqdi, Feliksga esa navbatdagi hujum amalga oshirildi. Navbat Luis Suaresga kelgan edi. Buskets esa raqib futbolchilarini tinchlantirishga urindi.



Nuqtani Stefan Savich qo'ydi. CHernogoriyalik to'dalashib turganlar orasiga o'zini otib, hammani tarqalishga chorladi. Xose Luis Gonsales Gonsales oxirigacha vaziyatga aralashmadi.





Ikkinchi bo'limda jamoalar mojaroni unutib, faqat gol haqida o'yladi. Koke Ektor Errera o'rniga maydonga tushdi va bir daqiqa o'tib gol urdi: U raqib jarima maydonchasida ochilib, Korrea uzatmasini golga aylantirdi.




4 daqiqa o'tib Messi muvozanatni tikladi: Suares raqib "o'noltiligi" ichida to'pni Leoga yutib berdi, argentinalik esa o'ng oyog'i bilan hisobni tenglashtirdi.




59-daqiqada Messi dubl qayd etdi, ammo Gonsales Gonsales golni bekor qildi. Argentinalik to'pni qo'li bilan o'ziga to'g'irlab olgan ekan.



Bir necha daqiqa o'tib "Barsa" baribir ikkinchi golni urishga erishdi. 73-daqiqada esa o'yinga nuqta qo'yilgandek tuyildi. 3:1... bo'lishi mumkin edi, ammo hakam golni bekor qildi. Ofsayd!



Keyin kutilmagan voqealar boshlandi. "Barselona" butun o'yin davomida ustunlik qildi, gollari soni 4ta bo'lishi mumkin edi. Ammo "Atletiko" g'alaba qozondi.




Zaxiradan o'yinga qo'shilgan Vitolo 81-daqiqada ajoyib uzatmadan so'ng "Barselona" jarima maydonchasiga kirdi. Netoda fol qilishdan boshqa chora yo'q edi, Morata esa penaltidan unumli foydalandi.



86-daqiqada "Barselona" himoyasida navbatdagi omadsizlik ro'y berdi. Morata Korreani Neto bilan birga-bir vaziyatga chiqardi, "Atletiko" futbolchisi bir amallab zarba berdi, to'p posbon qo'liga tegib darvozaga kirib ketdi.



3:2! "Atletiko" finalda.






Ushbu o'yindan keyin "Atletiko" prezidenti Enrike Seresoning bahsdan oldin aytgan gaplari kulgili ko'rinadi.


"Avvallari bitta muammo bo'lardi - hakamlar, endi ikkita - hakamlar va VAR" - degandi Sereso.




Ispaniya Superkubogi finalida Madrid derbisi bo'ladi.


Manba: Maydon.ru

FIKRLAR
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.

© MAYDON.RU – Футбол янгиликлари.
Ташкил топган сана: 10.12.2018.
Бош муҳаррир: Жасурбек Аллашукиров.
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт. Блогдаги материаллар учун блог эгаси, хабарлар остидаги фикрлар учун фойдаланувчининг ўзи жавобгар.