logotip
Qiymati 8,68 mln evroga teng bo‘lgan OTJmizning yangilangan transfer narxlari bilan tanishing!
10 YANVAR, 21:40 / O'QILDI: 1317
O‘zbekiston (U-23) terma jamoasi futbolchilarining transfer qiymatlari qanchaga baholanganligi bilan tanishing!

Xabaringiz bor, 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida Tokioda bo‘lib o‘tadigan olimpiyada o‘yinlariga yo‘llanma beruvchi Osiyo kubogi bo‘lib o‘tmoqda!

Tailand mamlakati mezbonlik qilayotgan musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi "C" guruhida, keyingi bosqich yo‘llanmasiga ega bo‘lish uchun Eron, Janubiy Koreya va Xitoy termalariga qarshi bahslashadi.

Ushbu terma jamoamizning transfermarkt.de saytida yangilangan transfer narxlari bilan tanishtirib o‘tamiz.

Ma’lumot uchun, qavs ichidagilar bu futbolchilarning avvalgi narxlaridur.

Darvozabonlar:

Abduvohid Nematov ("Nasaf") - 325 ming evro (175 ming evro)

Nizomiddin Ziyovuddinov (AGMK) - 150 ming evro (150 ming evro)

Mashhur Muhammadjonov ("Nasaf") - 50 ming evro (50 ming evro)

Himoyachilar:

Islomjon Qobilov ("Bunyodkor") - 500 ming evro (350 ming evro)

Oybek Rustamov ("Qo‘qon-1912") - 350 ming evro (300 ming evro)

Ilhom Alijonov ("Navbahor") - 150 ming evro (50 ming evro)

Husniddin Aliqulov ("Nasaf") - 150 ming evro (75 ming evro)

Azizbek Amonov ("Lokomotiv") - 250 ming evro (250 ming evro)

Sherzod Nasrullaev ("Nasaf") - 175 ming evro (75 ming evro)

Xojiakbar Alijonov ("Paxtakor") - 700 ming evro (500 ming evro)

Yarim himoyachilar:

Sharof Muhiddinov ("Nasaf") - 350 ming evro (250 ming evro)

Aziz G‘aniev ("Nasaf") - 1,10 mln evro (1 mln evro)

Dilshod Saitov ("Nasaf") - 400 ming evro (300 ming evro)

Abrorbek Ismoilov ("Surxon"/"Paxtakor") - 400 ming evro (300 ming evro)

Nurillo To‘htasinov ("Bunyodkor") - 600 ming evro (400 ming evro)

Abdulla Abdullaev ("Bunyodkor") - 250 ming evro (175 ming evro)

Sanjar Qodirqulov ("Bunyodkor") - 450 ming evro (250 ming evro)

Doston Ibrohimov ("Qizilqum"/"Paxtakor") - 400 ming evro (300 ming evro)

Oybek Bozorov ("Nasaf") - 275 ming evro (175 ming evro)

Mirjahon Mirahmadov ("Bunyodkor") - 450 ming evro (300 ming evro)

Jasur Yaxshiboev (AGMK/"Paxtakor") - 300 ming evro (300 ming evro)

Islom Kenjaboev ("Nasaf") - 200 ming evro (250 ming evro)

Hujumchi:

Bobir Abduholiqov ("Nasaf") - 700 ming evro (700 ming evro)



E’tiborli tomoni, faqatgina Islom Kenjaboevning transfer narxida pasayish kuzatilgan. Qolgan futbolchilarning narxlari ko‘tarilsa ko‘tarilganki, tushib ketmagan.

Jamoaning eng qimmat futbolchisi bu Aziz G‘aniev bo‘lib turipti va uning narxi 1,10 mln evroni tashkil etmoqda. "Nasaf"ning yana bir a’zosi Bobir Abduholiqov va "Paxtakor" himoyachisi Xojiakbar Alijonovning transfer qiymati 700 ming evro bo‘lsa, "qaldirg‘ochlar" futbolchisi Nurillo To‘htasinov 600 ming evroga baholangan.

Tarkibning eng yosh vakili Abduvohid Nematov, milliy terma jamoada o‘ynab, gol ham ura olgan Sanjar Qodirqulov, 2019 yilgi O‘zbekiston chempioni Xojiakbar Alijonov va "Bunyodkor"ning yana bir yarim himoyachisi Nurillo To‘htasinovning transfer narxlariga 200 ming evro qo‘shilgan.

Nizomiddin Ziyovuddinov, Mashhur Muhammadjonov, Azizbek Amonov, Jasur Yaxshiboev va Bobir Abdiholiqovning transfer narxlarida o‘zgarish ro‘y bermagan. 2019 yilning iyun oyida ushbu futbolchilarning qiymati qanday ko‘rinishda bo‘lgan bo‘lsa, hozir ham shu narxda belgilangan.

Lyubinko Drulovich shogirdlarining umumiy bahosi 8,68 mln evroni tashkil etmoqda!
FIKRLAR
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.

© MAYDON.RU – Футбол янгиликлари.
Ташкил топган сана: 10.12.2018.
Бош муҳаррир: Жасурбек Аллашукиров.
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт. Блогдаги материаллар учун блог эгаси, хабарлар остидаги фикрлар учун фойдаланувчининг ўзи жавобгар.