logotip
"Manchester Siti" muxlisi 5 yil davomida stadionga tusha olmaydi
10 YANVAR, 21:26 / O'QILDI: 1966
Hujumchi Rahim Sterlingni irqiy kamsitgan "Manchester Siti" muxlisi jazolandi.

58 yoshli muxlis 2018 yilning dekabr oyida "Bornmut"ga qarshi o'yinda kiritilgan golni nishonlash chog'ida futbolchi tomon irqiy kamsituvchi imo-ishoralar ko'rsatgan.

Muxlis sudda o'sha pallada hissiyotlarga berilganini va qilgan ishidan pushaymon bo'lganini malum qildi. Undan tashqari, Sterling ham ushbu kamsitishni ko'rmagan va bu holat videoga tushib qolgandi.

Sudning yakuniy qaroriga ko'ra, muxlis 5 yil davomida stadionlarga borishi taqiqlab qo'yildi. SHuningdek, 200 soat davomida u jamoat ishlarida qatnashadi.
FIKRLAR

© MAYDON.RU – Футбол янгиликлари.
Ташкил топган сана: 10.12.2018.
Бош муҳаррир: Жасурбек Аллашукиров.
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт. Блогдаги материаллар учун блог эгаси, хабарлар остидаги фикрлар учун фойдаланувчининг ўзи жавобгар.