logotip
Davron Fayziyev: "Barcelona"ga kim murabbiy bo'lishini aytdi
10 YANVAR, 21:18 / O'QILDI: 1269
UzreportTV va FutbolTV sharhlovchisi, jurnalist Davron Fayziyev "Barcelona"dagi vaziyat haqida o'z fikrini bildirdi.

"Barcelona" La Ligada birinchi o'rinda. Chempionlar ligasida bir tekisda ketmoqda, raqib ham qulay - "Napoli". Bir qarashda hammasi joyida. Lekin, lekinlari bor.

Barsachilarning ko'pi bosh murabbiy Ernesto Valverdega ishonmaydi.
Nega? Bu darajadagi klubda talab juda yuqori. Ba'zida natija ham yetarli emas. Kuchli shaxs, xarizmatik inson, media olamida ham "Barsa" g'oyalarini himoya qila oladigan yorqin personaj. Mana shu jihatlar bo'lmasa...

Mega yulduzlar bilan ishlash ham butun bir katta ilm. Gapini o'tqazish emas, o'zini tinglashga, ishonishga erishish. Super klub boshqaruvi bu 23 futbolchini shug'ullantirishgina emas, millionlab muxlislar armiyasini ham rozi qilishdir.

Valverde yaxshi murabbiy, ammo yuqoridagi masshtablarga dosh berolmayapti. Natijada bu o'yinga ham ta'sir qilyapti. Buni esa "Barsa" muxlislari sezyapti.

U ketsa kerak. Mavsum oxirida. Chempion bo'lsa ham.
Kim keladi? Shaxsiy fikrimni aytaymi? Xavi...
FIKRLAR
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.

© MAYDON.RU – Футбол янгиликлари.
Ташкил топган сана: 10.12.2018.
Бош муҳаррир: Жасурбек Аллашукиров.
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт. Блогдаги материаллар учун блог эгаси, хабарлар остидаги фикрлар учун фойдаланувчининг ўзи жавобгар.