logotip
«Atletiko» sardori Ispaniya superkubogi finalini o'tkazib yuboradi
10 YANVAR, 20:40 / O'QILDI: 1599

"Atletiko" Ispaniya superkubogi final bahsi arafasida o'z sardorini yo'qotdi.

Klub rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko'ra, yarim himoyachi Koke o'ng oyog'ining son qismidagi mushagi jarohatlangan. Shu bois, futbolchi "Real"ga qarshi kechadigan final bahsida maydonga tushmaydi.

28 yoshli futbolchi "Barselona"ga qarshi bo'lib o'tgan yarim final uchrashuvida mazkur jarohatni olgan edi.

"Real" - "Atletiko" uchrashuvi 12 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan 23:00da boshlanadi.


Manba: Maydon.ru

FIKRLAR

© MAYDON.RU – Футбол янгиликлари.
Ташкил топган сана: 10.12.2018.
Бош муҳаррир: Жасурбек Аллашукиров.
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт. Блогдаги материаллар учун блог эгаси, хабарлар остидаги фикрлар учун фойдаланувчининг ўзи жавобгар.