logotip
Xayrulla Hamidov maqolasi: «Superkubok chempionga ham, Kubok egasiga ham nasib etmaydi»
10 YANVAR, 15:20 / O'QILDI: 1925

Ha, klasiko bo'lmaydi, hamma tarqalsin! Madrid jamoalari finalda o'ynaydi!

"Atletiko" "Barselona"ni EChL musobaqasida ikki marta turnirdan chiqarib yuborgan va hamma bu safar o'sha voqea sodir bo'lmaydi, degandi. Sababi, bu bitta o'yindan iborat bosqich.

Yo'q, Simeone ikki bo'limni ikki o'yin qilib olarkan va tanaffusdan so'ng jamoasini javob o'yiniga tayyorlagandek tushirarkan.

Aslida "Barsa" etmish besh daqiqa ustun o'ynagandi. Hisobni Koke ochganiga qaramay, Messi tenglashtirgan, sal o'tib sobiq atletikochi Grizmann hisobni Kataloniya tomoniga olib o'tgandi. Keyin yana ikki gol, VAR bekor qilgan gollar. Birida Messining qo'li, ikkinchisida Vidalning elkasi noto'g'ri harakatda edi.

2:1 bilan o'yin tugaydigandek ediyu, argentinalik mutaxassis Vitoloni o'yinga tushirdi. Ispaniyalik yarim himoyachi hammasini o'zgartirib yubordi. U penalti ishlab Morataga gol ulashdi. So'ng Alvaroning o'zi Korreani posbon bilan birga bir vaziyatga chiqardi. Hisob "Atletiko" tomoniga og'ganda, o'yin tugashiga sanoqli daqiqalar qolgandi — 3:2.

Valverde "Roma" va "Liverpul"dan so'ng "Atletiko"dan ham qaqshatqich zarba qabul qilyaptiki, yaqin orada uning iste'fosini-da eshitib qolsak ajabmas.

12 yanvar kuni 23:00da Jiddadagi finalda Ispaniya chempionligini ham, kubogini ham engmagan ikki Madrid klubi superkubok taqdirini hal qiladi. Mana shunaqa, kutilmagan format xirmonda paydo bo'lgan finalchilarning bayramiga sabab bo'lmoqda.

Xayrulla HAMIDOV.


Manba: Maydon.ru

FIKRLAR

© MAYDON.RU – Футбол янгиликлари.
Ташкил топган сана: 10.12.2018.
Бош муҳаррир: Жасурбек Аллашукиров.
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт. Блогдаги материаллар учун блог эгаси, хабарлар остидаги фикрлар учун фойдаланувчининг ўзи жавобгар.