logotip
Ikardi: «PSJ»da qolsam xursand bo'laman»
10 YANVAR, 12:03 / O'QILDI: 2350

Huquqiy jihatdan Italiyaning “Inter” klubiga tegishli, ayni paytda Frantsiyaning «PSJ» klubida to'p surayotgan Mauro Ikardi kelajakdagi rejalari bilan o'rtoqlashdi.


 «O'zimni Parijda yaxshi his qilyapman. Hozircha klub bilan hech nima haqida muzokara o'tkazmadik. Mavsum yakunlanishiga yana to'rt oy bor. May oyida yana muzokara stoliga o'tiramiz. Bu jamoada qolsam xursand bo'lar edim.


«PSJ»da hammasi yaxshi. Mavsumning birinchi qismini ajoyib tarzda o'tkazdik. Tanaffusda yanada kuchayishimiz kerak. Jamoa mavsumni ajoyib tarzda boshladi. Olib borayotgan ishimizdan qoniqyapman», - Ikardining so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Goal portali.


Manba: Maydon.ru

FIKRLAR
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.

© MAYDON.RU – Футбол янгиликлари.
Ташкил топган сана: 10.12.2018.
Бош муҳаррир: Жасурбек Аллашукиров.
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт. Блогдаги материаллар учун блог эгаси, хабарлар остидаги фикрлар учун фойдаланувчининг ўзи жавобгар.