logotip
Davron Fayziev Mesut O'zil haqida fikr bildirdi
10 YANVAR, 09:50 / O'QILDI: 1654

Muhammad el-Nenni O'zil haqida:  
“Mesut endigina Madriddan kelganda, men undan o'zini katta tutishini kutgandim, chunki juda katta klubdan o'tdi. U esa kamtarin hamda hurmatni joyiga qo'yadigan inson bo'lib chiqdi. O'zini hech qachon klubdan yuqori qo'ymasdi. Qaytaga, undan ancha kichik klubda o'ynaganlar orasida egosi haddan tashqari katta “o'zini oluvchi”lar bo'lardi ".

Shu Mesut O'zilni "Verder"da o'ynagan paytda maydonga otilgan nonlarni terib chetga olib qo'ygan paytdan beri hurmat qilaman. To'g'ri amal va to'g'ri so'z.

O'yini masalasiga kelsak, uni sekinlashishda ayblashadi ko'pincha, u 90-yillar futboliga, to'pga har bir teginishiga urg'u beradigan klassik pleymeykerlar davriga ko'proq mos kelardi. Hozirgi tezkor va atletik futbolda begonadek. Kimdir hayotning shiddatli ekanidan shoshib issiq choyini yo'l-yo'lakay bir zumda simirib ichib ketadi, kimdir esa bir xo'plamli kichik bir idishchadagi kofeni ichish marosimini uzoq muddatli ritualga aylantirib, bu jarayonning o'zidan zavq oladi. Ana shu ikkinchisi O'zil bo'ladi.

Davron Fayziev.

Manba: Maydon.ru

FIKRLAR
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.

© MAYDON.RU – Футбол янгиликлари.
Ташкил топган сана: 10.12.2018.
Бош муҳаррир: Жасурбек Аллашукиров.
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт. Блогдаги материаллар учун блог эгаси, хабарлар остидаги фикрлар учун фойдаланувчининг ўзи жавобгар.