logotip
Italiya kubogi. «Torino» chorak finalga chiqdi
10 YANVAR, 09:10 / O'QILDI: 1239

Italiya kubogining nimchorak final bosqichi doirasida dastlabki o'yin bo'lib o'tdi.

«Torino» o'z uyida «Jenoa»ni qabul qildi. Uchrashuvning asosiy vaqti 1:1 hisobi bilan yakunlangan bo'lsa, qo'shimcha bo'limlarda darvozalarga to'p kiritilmadi. Penaltilar seriyasida esa omad turinliklarga kulib boqdi.

Shu tariqa, «Torino» Italiya kubogining chorak finaliga chiqqan dastlabki jamoaga aylandi. Nimchorak finalning qolgan o'yinlari 14-16 yanvar kunlari bo'lib o'tadi.

Italiya kubogi, nimchorak final
Torino – Jenoa - 1:1 (1:1, 0:0, 0:0, 0:0), penaltilar seriyasi - 5:3
Gollar: 0:1 – 14 Favilli, 1:1 – 23 de Silvestri.
Torino – Sirigu, de Silvestri (Ayna, 82), Jiji, Bremer, Laksalt, Lukich (Rinkon, 77), Meyte, Berenger, Bonifatsi (Nkulu, 102), Belotti, Dzadza (Milliko, 90).
Jenoa – Radu, Gilone, Romero, Goldaniga, Barreka, Kassata, Bexrami (Radovanovich, 65), Agudelo (Destro, 71), Shene (Sturaro, 105), Sapata (El-Yamik, 53), Favilli.
Ogohlantirishlar: Romero (29), Meyte (29), El-Yamik (62), Ayna (97), Radovanovich (107).
Chetlatish: Meyte (105).

Napoli – Perudja
14 yanvar, 19.00, «San-Paolo»

Latsio – Kremoneze
14 yanvar, 22.00, «Stadio Olimpiko»

Inter – Kalyari
15 yanvar, 00.45, «Juzeppe Meatstsa (San-Siro)»

Fiorentina – Atalanta
15 yanvar, 19.00, «Artemio Franki»

Milan – SPAL
15 yanvar, 22.00, «Juzeppe Meatstsa (San-Siro)»

Yuventus – Udineze
16 yanvar, 00.45, «Alyants Stedium»

Parma – Roma
17 yanvar, 00.15, «Ennio Tardini»

Manba: Maydon.ru

FIKRLAR
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.

© MAYDON.RU – Футбол янгиликлари.
Ташкил топган сана: 10.12.2018.
Бош муҳаррир: Жасурбек Аллашукиров.
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт. Блогдаги материаллар учун блог эгаси, хабарлар остидаги фикрлар учун фойдаланувчининг ўзи жавобгар.